Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sferik funksiyalar

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 809-b. — ziyouz.com

    Sferik funksiyalar – sferik simmetriyaga ega sohalarga oid masalalarni örganişda qulay bölgan maxsus funksiyalar ketma-ketligi. Matematikaning fizika, texnika va b. sohalardagi tatbiklarida qöllanadi. Sferik koordinatalardagi Laplas tenglamasi bilan boğliq tenglamani qanoatlantiradi va koeffitsiyentlari Lejandr köphadlari bilan ifodalanadigan çekli trigonometrik köphad körinişida yoziladi. Matematik fizika masalalarida potensiallar köpinça S.f. orqali Furye qatori körinişida izlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СФЕРИК ФУНКЦИЯЛАР – сферик симметрияга эга соҳаларга оид масалаларни ўрганишда қулай бўлган махсус функциялар кетма-кетлиги. Математиканинг физика, техника ва б. соҳалардаги татбикларида қўлланади. Сферик координаталардаги Лаплас тенгламаси билан боғлиқ тенгламани қаноатлантиради ва коэффициентлари Лежандр кўпҳадлари билан ифодаланадиган чекли тригонометрик кўпҳад кўринишида ёзилади. Математик физика масалаларида потенциаллар кўпинча С.ф. орқали Фурье қатори кўринишида изланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.