Şarq
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 45-b. — ziyouz.com
Şarq ŞARQ, şarq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning tört asosiy nuqtasidan biri, şim.ga qarab turgan kuzatuvçining öng tomonida. Özbek tilidagi xaritalarda Şq., nem. O (Ost) yoki ing. Ye (East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyoş Ş. nuqtasiga yaqin yerdan çiqadi. Osmon sferasida Ş. nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesişadigan ikkita nuqtaning biridir.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШАРҚ, шарқ нуқтаси — уфқ (дунё томонлари)нинг тўрт асосий нуқтасидан бири, шим.га қараб турган кузатувчининг ўнг томонида. Ўзбек тилидаги хариталарда Шқ., нем. О (Ost) ёки инг. Е (East) ҳарфи билан белгиланади. Тенгкунлик пайтида Қуёш Ш. нуқтасига яқин ердан чиқади. Осмон сферасида Ш. нуқтаси ҳақиқий уфқ (горизонт) билан осмон экватори кесишадиган иккита нуқтанинг биридир.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.