Şarqiy Avstraliya oqimi
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 47-b. — ziyouz.com
Şarqiy Avstraliya oqimi - Tinç okeandagi iliq yuza oqim, Janubiy Passat oqimi tarmoği. Avstraliyaning şarqiy qirğoqlari böylab şim. dan janub tomon oqadi. Tezligi 1,1—1,8 km/soat, markazida 2,7 km/soat. Suvining t-rasi qişda 11—20°, yozda 15— 26°. Suv sarfi 30 mln. m3/sek. Tasmaniya o. yaqinida Ğarbiy Şamollar oqimiga qöşilib ketadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШАРҚИЙ АВСТРАЛИЯ ОҚИМИ - Тинч океандаги илиқ юза оқим, Жанубий Пассат оқими тармоғи. Австралиянинг шарқий қирғоқлари бўйлаб шим. дан жануб томон оқади. Тезлиги 1,1—1,8 км/соат, марказида 2,7 км/соат. Сувининг т-раси қишда 11—20°, ёзда 15— 26°. Сув сарфи 30 млн. м3/сек. Тасмания о. яқинида Ғарбий Шамоллар оқимига қўшилиб кетади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.