Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şayx Xovandi Tohur majmuasi

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 11-b. — ziyouz.com

    Şayx Xovandi Tohur majmuasi — Toşkentdagi me'moriy yodgorlik (15— 19-a.lar). Şayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-a.da köhna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va görxonadan iborat. Bezaksiz, içki devorlari çuqur ravoqli, darçalariga koşinkori panjaralar örnatilgan; xonalar gumbazlar b-n yopilgan, görxonaning qöşqavatli gumbazi 12 qirrali asosga örnatilgan. Keyinroq atrofiga çillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-a.) qurilgan. Uç masjid binosi, minora, Eşon quli dodho madrasasi saqlanmagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШАЙХ ХОВАНДИ ТОҲУР МАЖМУАСИ — Тошкентдаги меъморий ёдгорлик (15— 19-а.лар). Шайх Хованди Тоҳур мақбараси (19-а.да кўҳна пойдевори устига қайта қурилган), зиёратхона ва гўрхонадан иборат. Безаксиз, ички деворлари чуқур равоқли, дарчаларига кошинкори панжаралар ўрнатилган; хоналар гумбазлар б-н ёпилган, гўрхонанинг қўшқаватли гумбази 12 қиррали асосга ўрнатилган. Кейинроқ атрофига чиллахона, Юнусхон мақбараси (15-а.) қурилган. Уч масжид биноси, минора, Эшон қули додҳо мадрасаси сақланмаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.