Şermuhammad madrasasi
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 112-b. — ziyouz.com
Şermuhammad madrasasi - Qarşidagi me'moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa çorsi tarhli, boş tarzi beş xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylaşgan, burçaklariga guldastalar işlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali hovliga çiqiladi. Hovli atrofi oldi ravoqli hujralar bilan öralgan. Bezagida ganç öymakorligi va çaspak uslubida girih naqşlar qöllanilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШЕРМУҲАММАД МАДРАСАСИ - Қаршидаги меъморий ёдгорлик (17— 18-асрлар). Мадраса чорси тарҳли, бош тарзи беш хонадан иборат. Марказида миёнсарой, 2 ёнида дарсхона жойлашган, бурчакларига гулдасталар ишланган. Гулдасталар тепаси фонусли, миёнсарой орқали ҳовлига чиқилади. Ҳовли атрофи олди равоқли ҳужралар билан ўралган. Безагида ганч ўймакорлиги ва часпак услубида гириҳ нақшлар қўлланилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.