Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şimoliy passat oqimlari

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 150-b. — ziyouz.com

    Şimoliy passat oqimlari — Atlantika va Tinç okeanlardagi ğarbga yönalgan yuza oqimlar. Barqaror şim.şarqiy passat şamollari ta'sirida 10—30° şahrik.lar oraliğida yuzaga keladi. Tezligi 0,4— 1,8 km/soat. Suvining t-rasi 24—29°. Örtaça suv sarfi 50—80 mln. m3/sek. Ş.p.o. Şim. yarim şarda subtropik suv aylanişining jan. sektorlarini yuzaga keltiradi. Kanar hamda Kaliforniya oqimlarining davomi, muvofiq ravişda Golfstrim va Kurosio oqimlarining boşlanişi hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШИМОЛИЙ ПАССАТ ОҚИМЛАРИ — Атлантика ва Тинч океанлардаги ғарбга йўналган юза оқимлар. Барқарор шим.шарқий пассат шамоллари таъсирида 10—30° шаҳрик.лар оралиғида юзага келади. Тезлиги 0,4— 1,8 км/соат. Сувининг т-раси 24—29°. Ўртача сув сарфи 50—80 млн. м3/сек. Ш.п.о. Шим. ярим шарда субтропик сув айланишининг жан. секторларини юзага келтиради. Канар ҳамда Калифорния оқимларининг давоми, мувофиқ равишда Гольфстрим ва Куросио оқимларининг бошланиши ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.