Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şimoliy qutb

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 153-b. — ziyouz.com

    Şimoliy qutb - Yer aylanişi faraziy öqining yer yuzasi bilan kesişadigan Şim. yarim şardagi nuqtasi. Şim. Muz okeanining çuq. 4000 m li markaziy qismida joylaşgan. Ş.q. atrofida yil davomida köp yillik muzlar suzib yuradi. Qişda örtaça havo t-rasi —40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 — 2° gaça kötariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi (yana q. Geografik kutblar).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШИМОЛИЙ ҚУТБ - Ер айланиши фаразий ўқининг ер юзаси билан кесишадиган Шим. ярим шардаги нуқтаси. Шим. Муз океанининг чуқ. 4000 м ли марказий қисмида жойлашган. Ш.қ. атрофида йил давомида кўп йиллик музлар сузиб юради. Қишда ўртача ҳаво т-раси —40°, ёз ойларида 0°, айрим кунларда 1 — 2° гача кўтарилади. Қутб куни 186 сутка ва 10 соат, қутб туни 178 сутка ва 14 соат давом этади (яна қ. Географик кутблар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.