Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şimoliy Tinç okean oqimi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151-b. — ziyouz.com

    Şimoliy Tinç okean oqimi — Tinç okeanning iliq yuza oqimi, taxm. 35° va 42° şahrik.lar oraliğida, Kurosio oqimining davomi. 150° şq.u.dan şarqqa Şim. Amerika qirğoqlariga tomon harakatlanadi. Suvining t-rasi qişda 7—16°, yozda 18— 23°. Tezligi 0,9—1,1 km/soat. Suv sarfi 15—35 mln. m3/sek. Tropik va mö'tadil mintaqa suvlari çegarasida joylaşgan. Tinç okeanning şarqiy qismida şim.ga yönalgan Alyaska va jan.ga yönalgan Kaliforniya oqimlariga ajraladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШИМОЛИЙ ТИНЧ ОКЕАН ОҚИМИ — Тинч океаннинг илиқ юза оқими, тахм. 35° ва 42° шаҳрик.лар оралиғида, Куросио оқимининг давоми. 150° шқ.у.дан шарққа Шим. Америка қирғоқларига томон ҳаракатланади. Сувининг т-раси қишда 7—16°, ёзда 18— 23°. Тезлиги 0,9—1,1 км/соат. Сув сарфи 15—35 млн. м3/сек. Тропик ва мўътадил минтақа сувлари чегарасида жойлашган. Тинч океаннинг шарқий қисмида шим.га йўналган Аляска ва жан.га йўналган Калифорния оқимларига ажралади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.