Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şirk

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 161-b. — ziyouz.com

    Şirk (arab.) — Allohning şerigi bor deb biliş, köpxudolilik. Islomga köra, Allohdan boşqa «iloh»larga, şuningdek, butlar va odamlarga siğiniş katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan özgaga topinuvçilar muşrikdirlar. Qur'onga köra, Ş. keçirilmaydigan gunoh hisoblanadi. Iste'molda kofirni muşrik, muşrikni kofir, deb atab kelinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШИРК (араб.) — Аллоҳнинг шериги бор деб билиш, кўпхудолилик. Исломга кўра, Аллоҳдан бошқа «илоҳ»ларга, шунингдек, бутлар ва одамларга сиғиниш катта гуноҳ, куфр ҳисобланади. Аллоҳдан ўзгага топинувчилар мушрикдирлар. Қуръонга кўра, Ш. кечирилмайдиган гуноҳ ҳисобланади. Истеъмолда кофирни мушрик, мушрикни кофир, деб атаб келинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.