Şlyaxta
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 176-b. — ziyouz.com
Şlyaxta (polyakça) — Markaziy Yevropaning bir neçta mamlakatlarida (ayniqsa, Polşa, Litvada) hukmron tabaqaning nomlanişi; dvoryanlikka mos keladi. Dastlab Ş. — dunyoviy feodallarning quyi guruhi, ritsarlar. Keyinçalik Ş.ning siyosiy rolini ortişi bilan uni huquqiy jihatdan dunyoviy feodallarning oliy guruhi — magnatlar tarkibiga kiritilişiga olib kelgan. 16—18-asrlarda PolşaLitva davlatida Ş. respublikasi davlat tuzumi qaror topgan. 18-asrda Reç Pospolita boşqa davlatlar örtasida taqsimlangandan söng Ş. dvoryanlik bilan tenglaştirilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШЛЯХТА (полякча) — Марказий Европанинг бир нечта мамлакатларида (айниқса, Польша, Литвада) ҳукмрон табақанинг номланиши; дворянликка мос келади. Дастлаб Ш. — дунёвий феодалларнинг қуйи гуруҳи, рицарлар. Кейинчалик Ш.нинг сиёсий ролини ортиши билан уни ҳуқуқий жиҳатдан дунёвий феодалларнинг олий гуруҳи — магнатлар таркибига киритилишига олиб келган. 16—18-асрларда ПольшаЛитва давлатида Ш. республикаси давлат тузуми қарор топган. 18-асрда Речь Посполита бошқа давлатлар ўртасида тақсимлангандан сўнг Ш. дворянлик билан тенглаштирилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.