Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şovuş

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 181-b. — ziyouz.com

    Şovuş — daryolar suvi yuzasidan muz parçalari va qor uyumlarining oqişi. Ş. suv osti muzlarining suv yuzasiga qalqib çiqişi, qirğoq muzlarining sinib parçalanişi va suv betiga qor tuşib qolişi natijasida hosil böladi. Ş. muzi tiqilib töxtab qolgan paytlarda suv sathi keskin kötarilib, tevarakatrofdagi yerlarni suv bosiş xavfi köpayadi. Bunday holatlarda daryo yuzasidan qoplab yotgan muzni parçalab, Ş.ga yöl oçib yuboriş kerak. Örta mintaqa daryolarida Ş. kuz va bahorda, Örta Osiyo daryolarida qişda kuzatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШОВУШ — дарёлар суви юзасидан муз парчалари ва қор уюмларининг оқиши. Ш. сув ости музларининг сув юзасига қалқиб чиқиши, қирғоқ музларининг синиб парчаланиши ва сув бетига қор тушиб қолиши натижасида ҳосил бўлади. Ш. музи тиқилиб тўхтаб қолган пайтларда сув сатҳи кескин кўтарилиб, теваракатрофдаги ерларни сув босиш хавфи кўпаяди. Бундай ҳолатларда дарё юзасидан қоплаб ётган музни парчалаб, Ш.га йўл очиб юбориш керак. Ўрта минтақа дарёларида Ш. куз ва баҳорда, Ўрта Осиё дарёларида қишда кузатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.