Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şpeman Xans

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 222-b. — ziyouz.com

    Şpeman Xans (1869.27.6, Ştutgart 1941.12.9, Frayburg, Baden) — nemis embriologi, eksperimental embriologiyaning asosçilaridan biri. Geydelberg, Myunxen, Vyursburg untida öqigan. Rostok (1908—14) va Freysburg (1919— 37) untida prof. Berlindagi biologiya instituti direktori (1914—19). Ilmiy faoliyati suvda va quruqlikda yaşovçilarning eksperimental embriologiyasiga oid. Ş. izlanişlari rivojlanayotgan embrion qismlarining özaro boğliqligi, determinatsiya va boşqalar jarayonlarni örganişga zamin yaratdi. Nobel mukofoti laureati (1935).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШПЕМАН Ханс (1869.27.6, Штутгарт 1941.12.9, Фрайбург, Баден) — немис эмбриологи, экспериментал эмбриологиянинг асосчиларидан бири. Гейдельберг, Мюнхен, Вюрцбург унтида ўқиган. Росток (1908—14) ва Фрейцбург (1919— 37) унтида проф. Берлиндаги биология институти директори (1914—19). Илмий фаолияти сувда ва қуруқликда яшовчиларнинг экспериментал эмбриологиясига оид. Ш. изланишлари ривожланаётган эмбрион қисмларининг ўзаро боғлиқлиги, детерминация ва бошқалар жараёнларни ўрганишга замин яратди. Нобель мукофоти лауреати (1935).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.