Şri Lanka
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 226–231-b. — ziyouz.com
Şri Lanka (1972 yilgaça Seylon), Şri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi — Hind okeanidagi Şri Lanka o.da, Hindiston ya.o.dan jan. şarqda joylaşgan davlat. Mayd. 65,6 ming km2. Aholisi 19,5 mln. kişi (2002). Rasmiy poytaxti — Jayavardenapura-Kotte (parlament joylaşgan); amaldagi poytaxti — Kolombo şahri Ma'muriy jihatdan 9 viloyat (rgoutse)ga bölinadi.
Davlat tuzumi. Ş.L. — Buyuk Britaniya boşçiligidagi Hamdöstlik tarkibiga kiruvçi respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1978 yil 7 sentyabrda qabul qilingan; keyinçalik özgartişlar kiritilgan. Davlat boşliği — prezident (1994 yildan Kumaratunga Çandrika xonim). Qonun çiqaruvçi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament, ijroçi hokimiyatni parlament va boş vazir boşçiligidagi hukumat amalga oşiradi.
Tabiati. Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan öralgan, kam parçalangan. Hududining 80%dan ortiği pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uçraydi. Markazi va jan.da zinapoyasimon toğlik joylaşgan. Eng baland joyi — Pidurutalagala toği (2524 m). Ş.L.da grafit, kvars, qimmatbaho toşlar, kaolin va boşqalar bor. Iklimi mussonli, şim. va şarqida subekvatorial, jan. va ğarbida ekvatorial iklim. Havo t-rasi tekisliklarda 26—30°; toğlarda 15—20° gaça pasayadi. Yillik yoğin toğlikning jan.ğarbiy yon bağrida 5000 m gaça, toğ etaklarida 2000 mm gaça, şim.ğarbiy va jan.şarqiy sohillarida 1000 mm dan kam. Daryolari qisqa va sersuv (eng yirigi Maxaveli daryosi); quyi oqimida kema qatnaydi. Tuproqlari qizil va laterit, daryo vodiylari va sohilida allyuvial tuproq. Mamlakat hududining 44% nam tropik örmon bilan qoplangan. Yassitoğliklar savanna tipidagi yalangliklardan iborat. Sohilida mangra örmonlari va kokos palmazorlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: fil, maymun, kiyik, tönğiz, qoplon, silovsinlar yaşaydi; timsoh, toşbaqa, ilonning bir qança turi, kaltakesak bor. Quş va haşarot köp. Vilpattu, Yala (Ruxunu), GalOya milliy boğlari, Kandi şahri yaqinida botanika boği bor.
Aholisining 75% singallar, 16% dan ortiğini tamillar taşkil etadi. Şuningdek, mavrlar (arab va mahalliy musulmonlar avlodlari) va boşqalar ham yaşaydi. Şahar aholisi 23%. Rasmiy tillar — singal, tamil va ingliz tillari. Dindorlar buddaviylik, hinduiylik, islom va boşqalar dinlarga e'tiqod qiladilar. Yirik şaharlari: Kolombo, Jafna, Kandi.
Tarixi. Ş.L. hududida odam paleolit davridan yaşaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar köçib ötişgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyuşmasi paydo böldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr örtalarida Niderlandiya portugallarni siqib çiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr örtalaridan Angliya bilan Niderlandiya örtasida orolni egallaş uçun kuraş avj oldi. 1795—96 yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qaraşli Madras prezidentligiga qöşib yuborildi. 1802 yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakaçilarga qarşi bir neça marta qözğolonlari bölib ötdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boşlarida siyosiy taşkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919 yil birinçi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. 2-jahon uruşi yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuçlar milliy mustaqillik uçun kuraşni yanada avj oldirdilar. 1948 yil 4 fev.da Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berişga majbur böldi. Mamlakatda çet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, q.x.da islohotlar ötkazildi; taşqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnaşmaslik yöli tutildi. 1972 yil 22 mayda Seylon Ş.L. Respublikasi deb e'lon qilindi. 1978 yil 7 sentyabrdan Ş.L. Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boşladi. 1977 yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlaş va unga xorijiy sarmoyani jalb etiş siyosati amalga oşirilmoqda. 1980-y.lardan etnik ziddiyatlar keskinlaşgan. Ş.L. — 1955 yildan BMT a'zosi. Milliy bayrami — 4 fev. — Mustaqillik kuni (1948). ÖzR suverenitetini 1992 yil 12 fev.da tan olgan va 1999 yil 13 oktyabrda diplomatiya munosabatlarini örnatgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyuşmalari. Birlaşgan erkinlik ittifoqi, 1993 yil tuzilgan; Ş.L. Kommunistik partiyasi, 1943 yil 3 iyudda taşkil etilgan; Ş.L. xalq partiyasi, 1984 yil yanv. da tuzilgan; Birlaşgan milliy partiya, 1946 yil asos solingan. Ş.L. ozodlik partiyasi, 1951 yil taşkil etilgan; Ş.L. sotsialistik partiyasi, 1935 yil dek.da tuzilgan; Ş.L. musulmonlar kongressi, 1980 yil taşkil etilgan; Tamil ozodlik birlaşgan fronti, Tamil millatçi partiyalar bloki, 1972 yil asos solingan. Demokratik işçilar kongressi, 1956 yil taşkil etilgan; Seylon işçilar kongressi, 1940 yil tuzilgan; Seylon kasaba uyuşmasi federatsiyasi, 1941 yil asos solingan; Umumseylon erkin kasaba uyuşmalari federatsiyasi.
Xöjaligi. Ş.L. — plantatsiya höjaligi rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi içki mahsulotda q.x. 18%, sanoat 31%, xizmat körsatiş tarmoği 51% ni taşkil etadi.
Qişloq xöjaligi. Iqtisodiy faol aholining 70% dan köproği q.x.da band. Hududining 1/3 qismi q.x.da foydalaniladi. Iqtisodiyotining asosi — mahsuloti eksport qilinadigan ösimliklar (çoy, kauçuk, kokos palmasi) östiriş. Çoy yetiştiriş böyiça Ş.L. dunyoda oldingi örinlarda turadi. Içki ehtiyoj uçun şoli, tariq, makkajöxori, dukkakli ösimliklar, batat, maniok, sabzavot, ziravorlar, texnika ekinlaridan tolali va moyli ösimliklar, şuningdek, banan, ananas yetiştiriladi. Qoramollardan, asosan, yuk taşişda foydalaniladi. Dengizdan baliq ovlanadi va marvarid olinadi.
Sanoatida grafit, qimmatbaho toşlar, tuz qazib olinadi. Yiliga örtaça 4,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Çoy va kauçukka işlov beriş, kopra va kokos moyi işlab çiqariş sanoatning asosiy tarmoqlaridir. Yengil, oziqovqat sanoati, metallsozlik korxonalari bor. Mamlakatda turizm katta daromad keltiradi.
Transportida avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yöllari uz. 102,6 ming km, t.y. uzunligi 1,49 ming km. Taşqi savdo yuklari, asosan, kemalarda taşiladi. Asosiy portlari: Kolombo, Trinkomali, Galle. 111.L. çetga çoy, marvarid, kauçuk, kokos palmasi mahsulotlari, qimmatbaho toşlar, töqimaçilik va tikuvçilik mahsulotlari çiqaradi. Çetdan neft va neft mahsulotlari, maşina va jihozlar, transport vositalari, maişiy texnika oladi. Taşqi savdoda AQŞ, Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya va boşqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Ş.L. rupiyasi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma'rifiy muassasalari. Ş.L.da vraçlar untlarning 2 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Mamlakatda 12 yillik maktab joriy qilingan. Boşlanğiç va kiçik örta maktabda ta'lim majburiy. Öqiş davlat maktablarida bepul va u singal yoki tamil tillarida, oliy öquv yurtlarida ingliz tilida ham olib boriladi. Kolombo, Jafna, Moratuva va boşqalarşaharlarda untlar bor. Şuningdek, Kolomboda Texnologiya kolleji, Yuridik kollej, Jafna va boşqalar şaharlarda kollejlar bor. I.t.larni Ş.L. milliy ilmiy kengaşi (1968 yil tuzilgan) muvofiklaştiradi. I.t.lar ilmiy va sanoat tadqiqotlari instituti (1955), q.x. tadqiqotlari instituti (1972), tibbiyot tadqiqotlari instituti (1900), astronomiya rasadxonasi (1907), q.x. markaziy ilmiy tekşiriş instituti (1965), çoy instituti (1925)daolib boriladi. Kutubxonalari: Ş.L. milliy muzeyi kutubxonasi, Kolombodagi jamoat va yuridik kutubxonalar, untlar huzuridagi kutubxonalar. Ş.L. milliy muzeyi Kolombo, Kandi, Ratnapura, Anuradhapuradagi milliy muzeylarni birlaştiradi.
Matbuoti, radioeşittirişi va telekörsatuvi. Ş.L.da bir qança gaz. va jur. naşr etiladi. Yiriklari: «Aylend» («Orol», ingliz va singal tillaridagi haftalik gaz., 1981 yildan), «Davasa» («Kun», singal tilidagi kundalik gaz., 1961 yildan), «Deyli nyus» («Hafta yangiliklari», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1918 yildan), «Deyli observer» («Kundalik kuzatuvçi», ingliz tilidagi kundalik keçki gaz., 1834 yildan), «Dinamina» («Kun yangiliklari», singal tilidagi kundalik gaz., 1909 yildan), «Navayugayya» («Yangi asr», singal tilidagi jur., 1956 yildan), «San» («Quyoş», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1964 yildan), «Silumina» («Tojdagi qimmatbaho toş», «Dinamina» gaz. ning yakşanbada çiqadigan bezakli naşri, 1930 yildan). Lankapuvat, milliy axborot agentligi, 1978 yil tuzilgan; Press Trast of Seylon, Ş.L.ning milliy kooperativ axborot agentligi, 1951 yil taşkil etilgan. Ş.L. radioeşittiriş korporatsiyasi, davlat xizmati, 1967 yil asos solingan. Telekörsatuvlar 1979 yildan boşlangan.
Adabiyoti, asosan, singal, şuningdek, tamil va ingliz tillarida rivojlanmoqda. Singal tilidagi dastlabki asar 6-asrda paydo böldi. Örta asr singal adabiyoti qadimiy hind adabiyotidagi xronika va doston janrlarini özlaştirdi. 13-asrdan buddaviylik ğoyalarini tarğib etuvçi oddiy tilda yozilgan nasr muhim örin egalladi. Vidyaçakravartning «Buddaning qarorgohi», Mayurapadetxeroning «Xayrehson tarixi» pandnasihatlar töplami singal adabiyotida birinçi marta dehqonlarning oğir hayotini tasvirlagan muhim nasriy asardir. Qişloq hayoti budda rohiblari Dxarmasena, Dxarmakirtimaxatxero asarlarida ham aks ettiridsi. 15-asrda şe'riyat, asosan, dostonmaktub yetakçi örinni egalladi (Şri Raxula, Vettevetxero, Vidagama). 16-asr oxiri — 17-asr boşlari şe'riyatining yorqin vakili Alagyavanna Moxottaladir. Portugal, niderland, keyinçalik inglizlar mustamlakaçiligi adabiyot taraqqiyotini sekinlaştirdi. 20-asr boşlarida singal tilida S. de Silva, P. Sirisenaning birinçi romanlari paydo böldi. V.A Silva tarixiy va satirik roman, hikoyalar yozdi. Realizmning qaror topişi, singal adabiy tilining rivoji yozuvçi va adabiyotşunos M. Vikramasingxe (1891 — 1976) nomi bilan boğliq. U singal nasrida birinçi marta işçilar sinfi vakili obrazini yaratdi. X. Munidas, G.B. Senanayake, K.Jayatilaki, E. Saratçandra kabi yozuvçilar öz asarlarida insonparvarlik ğoyalarini olğa surdilar. M.Ratnayake, G. Liyanage, A.V. Suravira, K.Karunaratna roman va qissalarida muhim ijtimoiy muammolar kötarilgan. Şoirlar S. Maxinda, S. Palansuriya, G.X. Perera va boşqalar, dramaturglar A. Samaravira, E. Saratçandra, V.A. Abesinxe va boşqalar samarali ijod qildilar. 1969 yil Ş.L.ning ilğor yozuvçilari «Xalq yozuvçilari fronti» taşkilotiga birlaşdilar. Ş.L.ning tamil tilidagi köp asrlik adabiyoti Hindiston tamil adabiyoti izidan rivojlanib kelmoqda. 20-asrda şe'riyat, novella rivojlandi. Yozuvçi va şoirlardan S.P. Amarasingam, J. Vedjatunga, K. Daniyel, D. Jiva va boşqalar maşhur. Ingliz tilidagi adabiyot 19-asrda paydo böldi. R.L. Spittel, G. Virasuriya, R. Proktor, A. Ranasingxe, J. Gunaverdena 20-asrning maşhur yozuvçilaridir.
Me'morligi. Ş.L. san'atining qadimiy davri (mil. av. 3-asr — mil. 8-asr) Hindiston san'atiga köp jihatdan öxşaş bölib, asosan, Anuradhapuradagi buddaviylik bilan boğliq bölgan yodgorliklarda mujassamlangan. Örta asr (8—13-asrlar)da qurilişlar aksariyat yangi poytaxt — Polonnaruvda olib borilgan. Ş.L. mustaqillikka erişgaç, milliy me'morlik maktabi şakllandi; şahar va qişloq majmualari paydo böldi. Me'morlikda örta asr milliy belgilari hoz. yevropa quriliş usullari bilan uyğunlaşib ketdi (Kolombodagi Davlat milliy assambleyasi binosi, 1948; «Silon Interkontinental» mehmonxonasi, 1970-y.lar boşi; Kolombodagi Solomon Bandaranaike haykali, 1976).
Tasviriy san'ati. Ş.L. san'atining ilk davri Hindiston san'ati, xususan, buddaviylik bilan boğlangan (ibodatxonalar haykallar bilan bezatilgan). Dunyoviy toş haykaltaroşligining köpgina namunalari, ma'budalarning metalldan yasalgan haykalçalari, qoyatoşlarga işlangan maşhur Sigiriya naqşlari saqlangan. Mustamlakaçilik davrida (16-asrdan) Ş.L.da amaliybezak san'ati rivojlandi (metall, yoğoç, fil suyagi, lok, toş hamda loydan badiiy buyumlar işlandi). Şuningdek, zargarlik bezaklari, badiiy gazlama, kaşta, yoğoç niqoblar tayyorlandi.
Ş.L.da professional dastgohlik san'ati ingliz san'ati ta'sirida 19-asr oxirida vujudga keldi. «Seylon san'ati jamiyati» birinçi badiiy uyuşma bölgan (1888 yildan; rassomlar A. Amarasekera, J.D. A. Perera. T. Rajapakşa, S.G.Abeysingxe, D. Peynter va boşqalar). 20-asr boşlari ozodlik harakati ta'sirida Yevropadagi yangi oqimlar tajribalarini milliy an'analar bilan uyğunlaştirgan rassomlik maktabi şakllandi («43 guruhi», rassomlar J. Keyt, G. Piyeris; «Milliy san'at jamiyati»). Ş.L.da badiiy hunarmandçilik rivojlangan (töquvçilik, yoğoç va suyak öymakorligi, lokli buyumlar tayyorlaş, qimmatbaho toşlarni qayta işlaş va h.k.).
Musiqasi. Ş.L. musiqasi uzoq vaqt Janubiy Hindiston musiqa madaniyati ta'sirida rivojlandi. Singallarda çolğu musiqasi vokal musiqadan ustun bölgan. Musiqa asboblari: bera barabanlari (5 turi bor), panteru (mis qönğiroqli halqa), talampot deb nomlangan mis tarelkalar, xoraneua (goboy turi), xagediya (turli şakl va ölçamdagi dengiz çiğanoqlari) va boşqalar Raqs milliy bayram, diniy rasmrusum, teatr spektakllarining ajralmas qismi. Singallar qöşiği qisqa kuylardan iborat. Ş.L. mustaqillikka erişgaç, milliy madaniyatni saqlaş masalalari bilan Singal madaniyati instituti şuğullana boşladi. Kompozitorlar orasida P. Kemadasa, P. Dunstan de Silva, V.D. Amaradeva maşhur. Milliy raqs ansambli (1973), raqsçilar oilasi avlodidan iborat raqs ansambli (1970-y.lar), Ş.L. simfonik orkestri va boşqalar jamoalar bor. Kolomboda Nafis san'at davlat kolleji (1953), Hukumat musiqa kolleji, un-t huzurida raqs maktabi faoliyat körsatadi.
Teatri. Ş.L. teatr san'ati xalqöyinlari, marosimlari va qadimdan şu orolda yaşagan qabilalarning raqslaridan boşlangan. Xalq teatrlarining har xil turlari mavjud. Bular: kolam (raqs va pantomimalarga asoslangan niqobli tomoşa teatri), sokari (komediya tomoşalarini namoyiş etuvçi teatr) va boşqalar Zamonaviy teatrning vujudga kelişi Ş.L. xalqining milliy ozodlik kuraşi bilan çambarças boğliq. 1920-y.larda professional truppalar vujudga keldi. Ularning repertuaridan milliy dramaturglar K.D.Bastian, D. de Silva asarlari örin oldi. Ş.L. mustaqillikka erişgaç, milliy an'analarni tiklaş va rivojlantiriş imkoniyati tuğildi. Yangi teatr turlari, jumladan, an'anaviy va xalq raqs san'atini uyğunlaştirgan balet teatri paydo böldi. 1944 yil birinçi professional raqqos va baletmeyster Çitrasena rahbarligida maktab va truppa (1955 yildan Çitrasena Seylon baleti) taşkil etildi. Mamlakatda havaskor teatr jamoalari ham mavjud.
Kinosi. 1948 yil «Singalafilm» kinokompaniyasi tuzildi. Ş.L. kinosan'ati rivojiga Hindiston kinosi ta'siri katta. Dastlab tijorat filmlar yaratildi. Xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvçi dastlabki filmlar 1950-y. larning oxiri — 1970-y.larda yaratildi («Taqdir çiziği», «Maktub», «Özgargan qişloq»; hammasining rej. L.D. Periyes). 1972 yil Davlat kinokorporatsiyasi taşkil etildi. 70-y.larda ilğor rej. lar öz filmlarida muhim ijtimoiy muammolarni yoritdilar («Ezgu istak», «Lasanda», ikkovining rej. K. Perera; «Nima böldi?», rej. P. Gunaratne; «Yetti dengiz», rej. S. Gunasinge). Ş. L. kinosida rej. larD. Patxiraja, M. Sandasagera, S. Periyes va boşqalar maşhur. 80-y.lardagi eng yaxşi filmlar: «Qayiqlar sohilga qaytganda» (rej. S. Aryavatna), «Ikki oila» (rej. S. Periyes).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШРИ ЛАНКА (1972 йилгача Цейлон), Шри Ланка Демократик Социалистик Республикаси — Ҳинд океанидаги Шри Ланка о.да, Ҳиндистон я.о.дан жан. шарқда жойлашган давлат. Майд. 65,6 минг км2. Аҳолиси 19,5 млн. киши (2002). Расмий пойтахти — Жаяварденапура-Котте (парламент жойлашган); амалдаги пойтахти — Коломбо шаҳри Маъмурий жиҳатдан 9 вилоят (ргоутсе)га бўлинади.
Давлат тузуми. Ш.Л. — Буюк Британия бошчилигидаги Ҳамдўстлик таркибига кирувчи республика. Амаддаги конституцияси 1978 йил 7 сентябрда қабул қилинган; кейинчалик ўзгартишлар киритилган. Давлат бошлиғи — президент (1994 йилдан Кумаратунга Чандрика хоним). Қонун чиқарувчи ҳокимиятни президент ва бир палатали парламент, ижрочи ҳокимиятни парламент ва бош вазир бошчилигидаги ҳукумат амалга оширади.
Табиати. Орол соҳилларининг аксарият қисми паст, лагунали, маржон рифлари билан ўралган, кам парчаланган. Ҳудудининг 80%дан ортиғи пасттекислик, айрим жойларда қоялар учрайди. Маркази ва жан.да зинапоясимон тоғлик жойлашган. Энг баланд жойи — Пидуруталагала тоғи (2524 м). Ш.Л.да графит, кварц, қимматбаҳо тошлар, каолин ва бошқалар бор. Иклими муссонли, шим. ва шарқида субэкваториал, жан. ва ғарбида экваториал иклим. Ҳаво т-раси текисликларда 26—30°; тоғларда 15—20° гача пасаяди. Йиллик ёғин тоғликнинг жан.ғарбий ён бағрида 5000 м гача, тоғ этакларида 2000 мм гача, шим.ғарбий ва жан.шарқий соҳилларида 1000 мм дан кам. Дарёлари қисқа ва серсув (энг йириги Махавели дарёси); қуйи оқимида кема қатнайди. Тупроқлари қизил ва латерит, дарё водийлари ва соҳилида аллювиал тупроқ. Мамлакат ҳудудининг 44% нам тропик ўрмон билан қопланган. Ясситоғликлар саванна типидаги ялангликлардан иборат. Соҳилида мангра ўрмонлари ва кокос пальмазорлари бор. Ҳайвонот дунёси хилмахил: фил, маймун, кийик, тўнғиз, қоплон, силовсинлар яшайди; тимсоҳ, тошбақа, илоннинг бир қанча тури, калтакесак бор. Қуш ва ҳашарот кўп. Вилпатту, Яла (Рухуну), ГалОя миллий боғлари, Канди шаҳри яқинида ботаника боғи бор.
Аҳолисининг 75% сингаллар, 16% дан ортиғини тамиллар ташкил этади. Шунингдек, маврлар (араб ва маҳаллий мусулмонлар авлодлари) ва бошқалар ҳам яшайди. Шаҳар аҳолиси 23%. Расмий тиллар — сингал, тамил ва инглиз тиллари. Диндорлар буддавийлик, ҳиндуийлик, ислом ва бошқалар динларга эътиқод қиладилар. Йирик шаҳарлари: Коломбо, Жафна, Канди.
Тарихи. Ш.Л. ҳудудида одам палеолит давридан яшайди. Мил. ав. 5-асрда Ҳиндистондан ҳиндлар кўчиб ўтишган. Мил. ав. 3-асрда дастлабки йирик давлат уюшмаси пайдо бўлди. 15-асрда 3 йирик давлат (сингалларнинг Котте ва Канди, тамилларнинг Жафна давлатлари) вужудга келди. 16-асрда Португалия орол соҳилини босиб олди. 17-аср ўрталарида Нидерландия португалларни сиқиб чиқариб, оролнинг 1/4 қисмини эгаллаб олди. 18-аср ўрталаридан Англия билан Нидерландия ўртасида оролни эгаллаш учун кураш авж олди. 1795—96 йилларда оролни инглизлар босиб олди. Орол дастлаб Англиянинг ОстИндия компаниясига қарашли Мадрас президентлигига қўшиб юборилди. 1802 йилдан Буюк Британиянинг алоҳида мустамлакасига айланди. Цейлон аҳолисининг мустамлакачиларга қарши бир неча марта қўзғолонлари бўлиб ўтди (1796, 1818, 1848). 19-аср охири — 20-аср бошларида сиёсий ташкилотлар вужудга келди, миллий озодлик ҳаракати авж олди. 1919 йил биринчи йирик сиёсий партия — Цейлон миллий конгресси тузилди. 2-жаҳон уруши йиллари (1939—45) мамлакатдаги демократик кучлар миллий мустақиллик учун курашни янада авж олдирдилар. 1948 йил 4 фев.да Буюк Британия Цейлонга доминион мақоми асосида мустақиллик беришга мажбур бўлди. Мамлакатда чет эл ҳарбий базалари тугатилди, иқтисодиётда давлат сектори кенгайди, қ.х.да ислоҳотлар ўтказилди; ташқи сиёсатда бетарафлик, ҳарбий блокларда қатнашмаслик йўли тутилди. 1972 йил 22 майда Цейлон Ш.Л. Республикаси деб эълон қилинди. 1978 йил 7 сентябрдан Ш.Л. Демократик Социалистик Республикаси деб атала бошлади. 1977 йилдан иқтисодиётда хусусий секторни мустаҳкамлаш ва унга хорижий сармояни жалб этиш сиёсати амалга оширилмоқда. 1980-й.лардан этник зиддиятлар кескинлашган. Ш.Л. — 1955 йилдан БМТ аъзоси. Миллий байрами — 4 фев. — Мустақиллик куни (1948). ЎзР суверенитетини 1992 йил 12 фев.да тан олган ва 1999 йил 13 октябрда дипломатия муносабатларини ўрнатган.
Сиёсий партиялари ва касаба уюшмалари. Бирлашган эркинлик иттифоқи, 1993 йил тузилган; Ш.Л. Коммунистик партияси, 1943 йил 3 июдда ташкил этилган; Ш.Л. халқ партияси, 1984 йил янв. да тузилган; Бирлашган миллий партия, 1946 йил асос солинган. Ш.Л. озодлик партияси, 1951 йил ташкил этилган; Ш.Л. социалистик партияси, 1935 йил дек.да тузилган; Ш.Л. мусулмонлар конгресси, 1980 йил ташкил этилган; Тамил озодлик бирлашган фронти, Тамил миллатчи партиялар блоки, 1972 йил асос солинган. Демократик ишчилар конгресси, 1956 йил ташкил этилган; Цейлон ишчилар конгресси, 1940 йил тузилган; Цейлон касаба уюшмаси федерацияси, 1941 йил асос солинган; Умумцейлон эркин касаба уюшмалари федерацияси.
Хўжалиги. Ш.Л. — плантация ҳўжалиги ривожланган аграр мамлакат. Ялпи ички маҳсулотда қ.х. 18%, саноат 31%, хизмат кўрсатиш тармоғи 51% ни ташкил этади.
Қишлоқ хўжалиги. Иқтисодий фаол аҳолининг 70% дан кўпроғи қ.х.да банд. Ҳудудининг 1/3 қисми қ.х.да фойдаланилади. Иқтисодиётининг асоси — маҳсулоти экспорт қилинадиган ўсимликлар (чой, каучук, кокос пальмаси) ўстириш. Чой етиштириш бўйича Ш.Л. дунёда олдинги ўринларда туради. Ички эҳтиёж учун шоли, тариқ, маккажўхори, дуккакли ўсимликлар, батат, маниок, сабзавот, зираворлар, техника экинларидан толали ва мойли ўсимликлар, шунингдек, банан, ананас етиштирилади. Қорамоллардан, асосан, юк ташишда фойдаланилади. Денгиздан балиқ овланади ва марварид олинади.
Саноатида графит, қимматбаҳо тошлар, туз қазиб олинади. Йилига ўртача 4,4 млрд. кВтсоат электр энергия ҳосил қилинади. Чой ва каучукка ишлов бериш, копра ва кокос мойи ишлаб чиқариш саноатнинг асосий тармоқларидир. Енгил, озиқовқат саноати, металлсозлик корхоналари бор. Мамлакатда туризм катта даромад келтиради.
Транспортида автомобиль транспорти муҳим аҳамиятга эга. Автомобиль йўллари уз. 102,6 минг км, т.й. узунлиги 1,49 минг км. Ташқи савдо юклари, асосан, кемаларда ташилади. Асосий портлари: Коломбо, Тринкомали, Галле. 111.Л. четга чой, марварид, каучук, кокос пальмаси маҳсулотлари, қимматбаҳо тошлар, тўқимачилик ва тикувчилик маҳсулотлари чиқаради. Четдан нефть ва нефть маҳсулотлари, машина ва жиҳозлар, транспорт воситалари, маиший техника олади. Ташқи савдода АҚШ, Япония, Ҳиндистон, Буюк Британия, Россия ва бошқалар давлатлар билан ҳамкорлик қилади. Пул бирлиги — Ш.Л. рупияси.
Тиббий хизмати, маорифи, илмий ва маданий-маърифий муассасалари. Ш.Л.да врачлар унтларнинг 2 тиббиёт фтида тайёрланади. Мамлакатда 12 йиллик мактаб жорий қилинган. Бошланғич ва кичик ўрта мактабда таълим мажбурий. Ўқиш давлат мактабларида бепул ва у сингал ёки тамил тилларида, олий ўқув юртларида инглиз тилида ҳам олиб борилади. Коломбо, Жафна, Моратува ва бошқаларшаҳарларда унтлар бор. Шунингдек, Коломбода Технология коллежи, Юридик коллеж, Жафна ва бошқалар шаҳарларда коллежлар бор. И.т.ларни Ш.Л. миллий илмий кенгаши (1968 йил тузилган) мувофиклаштиради. И.т.лар илмий ва саноат тадқиқотлари институти (1955), қ.х. тадқиқотлари институти (1972), тиббиёт тадқиқотлари институти (1900), астрономия расадхонаси (1907), қ.х. марказий илмий текшириш институти (1965), чой институти (1925)даолиб борилади. Кутубхоналари: Ш.Л. миллий музейи кутубхонаси, Коломбодаги жамоат ва юридик кутубхоналар, унтлар ҳузуридаги кутубхоналар. Ш.Л. миллий музейи Коломбо, Канди, Ратнапура, Анурадҳапурадаги миллий музейларни бирлаштиради.
Матбуоти, радиоэшиттириши ва телекўрсатуви. Ш.Л.да бир қанча газ. ва жур. нашр этилади. Йириклари: «Айленд» («Орол», инглиз ва сингал тилларидаги ҳафталик газ., 1981 йилдан), «Даваса» («Кун», сингал тилидаги кундалик газ., 1961 йилдан), «Дейли ньюс» («Ҳафта янгиликлари», инглиз тилидаги кундалик газ., 1918 йилдан), «Дейли обсервер» («Кундалик кузатувчи», инглиз тилидаги кундалик кечки газ., 1834 йилдан), «Динамина» («Кун янгиликлари», сингал тилидаги кундалик газ., 1909 йилдан), «Наваюгайя» («Янги аср», сингал тилидаги жур., 1956 йилдан), «Сан» («Қуёш», инглиз тилидаги кундалик газ., 1964 йилдан), «Силумина» («Тождаги қимматбаҳо тош», «Динамина» газ. нинг якшанбада чиқадиган безакли нашри, 1930 йилдан). Ланкапуват, миллий ахборот агентлиги, 1978 йил тузилган; Пресс Траст оф Цейлон, Ш.Л.нинг миллий кооператив ахборот агентлиги, 1951 йил ташкил этилган. Ш.Л. радиоэшиттириш корпорацияси, давлат хизмати, 1967 йил асос солинган. Телекўрсатувлар 1979 йилдан бошланган.
Адабиёти, асосан, сингал, шунингдек, тамил ва инглиз тилларида ривожланмоқда. Сингал тилидаги дастлабки асар 6-асрда пайдо бўлди. Ўрта аср сингал адабиёти қадимий ҳинд адабиётидаги хроника ва достон жанрларини ўзлаштирди. 13-асрдан буддавийлик ғояларини тарғиб этувчи оддий тилда ёзилган наср муҳим ўрин эгаллади. Видьячакравартнинг «Будданинг қароргоҳи», Маюрападетхеронинг «Хайрэҳсон тарихи» панднасиҳатлар тўплами сингал адабиётида биринчи марта деҳқонларнинг оғир ҳаётини тасвирлаган муҳим насрий асардир. Қишлоқ ҳаёти будда роҳиблари Дхармасена, Дхармакиртимахатхеро асарларида ҳам акс эттиридци. 15-асрда шеърият, асосан, достонмактуб етакчи ўринни эгаллади (Шри Рахула, Веттеветхеро, Видагама). 16-аср охири — 17-аср бошлари шеъриятининг ёрқин вакили Алагьяванна Мохотталадир. Португал, нидерланд, кейинчалик инглизлар мустамлакачилиги адабиёт тараққиётини секинлаштирди. 20-аср бошларида сингал тилида С. де Силва, П. Сирисенанинг биринчи романлари пайдо бўлди. В.А Силва тарихий ва сатирик роман, ҳикоялар ёзди. Реализмнинг қарор топиши, сингал адабий тилининг ривожи ёзувчи ва адабиётшунос М. Викрамасингхе (1891 — 1976) номи билан боғлиқ. У сингал насрида биринчи марта ишчилар синфи вакили образини яратди. X. Мунидас, Г.Б. Сенанаяке, К.Жаятилаки, Э. Саратчандра каби ёзувчилар ўз асарларида инсонпарварлик ғояларини олға сурдилар. М.Ратнаяке, Г. Лиянаге, А.В. Суравира, К.Карунаратна роман ва қиссаларида муҳим ижтимоий муаммолар кўтарилган. Шоирлар С. Махинда, С. Палансурия, Г.Х. Перера ва бошқалар, драматурглар А. Самаравира, Э. Саратчандра, В.А. Абесинхе ва бошқалар самарали ижод қилдилар. 1969 йил Ш.Л.нинг илғор ёзувчилари «Халқ ёзувчилари фронти» ташкилотига бирлашдилар. Ш.Л.нинг тамил тилидаги кўп асрлик адабиёти Ҳиндистон тамил адабиёти изидан ривожланиб келмоқда. 20-асрда шеърият, новелла ривожланди. Ёзувчи ва шоирлардан С.П. Амарасингам, Ж. Веджатунга, К. Даниел, Д. Жива ва бошқалар машҳур. Инглиз тилидаги адабиёт 19-асрда пайдо бўлди. Р.Л. Спиттел, Г. Вирасурия, Р. Проктор, А. Ранасингхе, Ж. Гунавердена 20-асрнинг машҳур ёзувчиларидир.
Меъморлиги. Ш.Л. санъатининг қадимий даври (мил. ав. 3-аср — мил. 8-аср) Ҳиндистон санъатига кўп жиҳатдан ўхшаш бўлиб, асосан, Анурадҳапурадаги буддавийлик билан боғлиқ бўлган ёдгорликларда мужассамланган. Ўрта аср (8—13-асрлар)да қурилишлар аксарият янги пойтахт — Полоннарувда олиб борилган. Ш.Л. мустақилликка эришгач, миллий меъморлик мактаби шаклланди; шаҳар ва қишлоқ мажмуалари пайдо бўлди. Меъморликда ўрта аср миллий белгилари ҳоз. европа қурилиш усуллари билан уйғунлашиб кетди (Коломбодаги Давлат миллий ассамблеяси биноси, 1948; «Силон Интерконтиненталь» меҳмонхонаси, 1970-й.лар боши; Коломбодаги Соломон Бандаранаике ҳайкали, 1976).
Тасвирий санъати. Ш.Л. санъатининг илк даври Ҳиндистон санъати, хусусан, буддавийлик билан боғланган (ибодатхоналар ҳайкаллар билан безатилган). Дунёвий тош ҳайкалтарошлигининг кўпгина намуналари, маъбудаларнинг металлдан ясалган ҳайкалчалари, қоятошларга ишланган машҳур Сигирия нақшлари сақланган. Мустамлакачилик даврида (16-асрдан) Ш.Л.да амалийбезак санъати ривожланди (металл, ёғоч, фил суяги, лок, тош ҳамда лойдан бадиий буюмлар ишланди). Шунингдек, заргарлик безаклари, бадиий газлама, кашта, ёғоч ниқоблар тайёрланди.
Ш.Л.да профессионал дастгоҳлик санъати инглиз санъати таъсирида 19-аср охирида вужудга келди. «Цейлон санъати жамияти» биринчи бадиий уюшма бўлган (1888 йилдан; рассомлар А. Амарасекера, Ж.Д. А. Перера. Т. Ражапакша, С.Г.Абейсингхе, Д. Пейнтер ва бошқалар). 20-аср бошлари озодлик ҳаракати таъсирида Европадаги янги оқимлар тажрибаларини миллий анъаналар билан уйғунлаштирган рассомлик мактаби шаклланди («43 гуруҳи», рассомлар Ж. Кейт, Г. Пиерис; «Миллий санъат жамияти»). Ш.Л.да бадиий ҳунармандчилик ривожланган (тўқувчилик, ёғоч ва суяк ўймакорлиги, локли буюмлар тайёрлаш, қимматбаҳо тошларни қайта ишлаш ва ҳ.к.).
Мусиқаси. Ш.Л. мусиқаси узоқ вақт Жанубий Ҳиндистон мусиқа маданияти таъсирида ривожланди. Сингалларда чолғу мусиқаси вокал мусиқадан устун бўлган. Мусиқа асбоблари: бера барабанлари (5 тури бор), пантеру (мис қўнғироқли ҳалқа), талампот деб номланган мис тарелкалар, хоранеуа (гобой тури), хагедия (турли шакл ва ўлчамдаги денгиз чиғаноқлари) ва бошқалар Рақс миллий байрам, диний расмрусум, театр спектаклларининг ажралмас қисми. Сингаллар қўшиғи қисқа куйлардан иборат. Ш.Л. мустақилликка эришгач, миллий маданиятни сақлаш масалалари билан Сингал маданияти институти шуғуллана бошлади. Композиторлар орасида П. Кемадаса, П. Дунстан де Силва, В.Д. Амарадева машҳур. Миллий рақс ансамбли (1973), рақсчилар оиласи авлодидан иборат рақс ансамбли (1970-й.лар), Ш.Л. симфоник оркестри ва бошқалар жамоалар бор. Коломбода Нафис санъат давлат коллежи (1953), Ҳукумат мусиқа коллежи, ун-т ҳузурида рақс мактаби фаолият кўрсатади.
Театри. Ш.Л. театр санъати халқўйинлари, маросимлари ва қадимдан шу оролда яшаган қабилаларнинг рақсларидан бошланган. Халқ театрларининг ҳар хил турлари мавжуд. Булар: колам (рақс ва пантомималарга асосланган ниқобли томоша театри), сокари (комедия томошаларини намойиш этувчи театр) ва бошқалар Замонавий театрнинг вужудга келиши Ш.Л. халқининг миллий озодлик кураши билан чамбарчас боғлиқ. 1920-й.ларда профессионал труппалар вужудга келди. Уларнинг репертуаридан миллий драматурглар К.Д.Бастиан, Д. де Силва асарлари ўрин олди. Ш.Л. мустақилликка эришгач, миллий анъаналарни тиклаш ва ривожлантириш имконияти туғилди. Янги театр турлари, жумладан, анъанавий ва халқ рақс санъатини уйғунлаштирган балет театри пайдо бўлди. 1944 йил биринчи профессионал раққос ва балетмейстер Читрасена раҳбарлигида мактаб ва труппа (1955 йилдан Читрасена Цейлон балети) ташкил этилди. Мамлакатда ҳаваскор театр жамоалари ҳам мавжуд.
Киноси. 1948 йил «Сингалафильм» кинокомпанияси тузилди. Ш.Л. киносанъати ривожига Ҳиндистон киноси таъсири катта. Дастлаб тижорат фильмлар яратилди. Халқ ҳаётини ҳаққоний акс эттирувчи дастлабки фильмлар 1950-й. ларнинг охири — 1970-й.ларда яратилди («Тақдир чизиғи», «Мактуб», «Ўзгарган қишлоқ»; ҳаммасининг реж. Л.Д. Периес). 1972 йил Давлат кинокорпорацияси ташкил этилди. 70-й.ларда илғор реж. лар ўз фильмларида муҳим ижтимоий муаммоларни ёритдилар («Эзгу истак», «Ласанда», икковининг реж. К. Перера; «Нима бўлди?», реж. П. Гунаратне; «Етти денгиз», реж. С. Гунасинге). Ш. Л. киносида реж. ларД. Патхиража, М. Сандасагера, С. Периес ва бошқалар машҳур. 80-й.лардаги энг яхши фильмлар: «Қайиқлар соҳилга қайтганда» (реж. С. Арьяватна), «Икки оила» (реж. С. Периес).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.