Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şungit

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 248-b. — ziyouz.com

    Şungit (Kareliyadagi Şunga qişloği nomi bilan atalgan) — tokembriy davriga mansub, tarkibida yopiq kristalli uglerod mavjud bölgan toğ jinsi. Metamorfizm jarayonida grafitoidlar va yopiq kristalli grafitlarga aylanadi. Töq qora rangli, mumsimon yaltiroq. Qattiqligi 3—4, ziçligi 1,8— 1,9 g/sm3. Ş. quriliş va sanoat uçun qimmatli xom aşyo, alohida körinişli turlari bezakquriliş materiali hisoblanadi. Betonda yengil töldiruvçi sifatida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШУНГИТ (Карелиядаги Шуньга қишлоғи номи билан аталган) — токембрий даврига мансуб, таркибида ёпиқ кристалли углерод мавжуд бўлган тоғ жинси. Метаморфизм жараёнида графитоидлар ва ёпиқ кристалли графитларга айланади. Тўқ қора рангли, мумсимон ялтироқ. Қаттиқлиги 3—4, зичлиги 1,8— 1,9 г/см3. Ш. қурилиш ва саноат учун қимматли хом ашё, алоҳида кўринишли турлари безакқурилиш материали ҳисобланади. Бетонда енгил тўлдирувчи сифатида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.