Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Şvarsvald Germaniyaning jan. ğarbiy qismidagi toğ massivi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 88-b. — ziyouz.com

    Şvarsvald Germaniyaning jan. ğarbiy qismidagi toğ massivi ŞVARSVALD Germaniyaning jan. ğarbiy qismidagi toğ massivi, Reyn daryosining öng sohilida. Uz. 160 km, eni 35—60 km. Eng baland joyi 1493 (Feldberg çöqqisi). Grayit, gneys va qumtoşlardan tuzilgan. Yuqori Reyn pasttekisligiga tutaş yon bağri juda tik. Çöqqilari gumbazsimon yassi. Yon bağirlari keng bargli va igna bargli örmonlar bilan qoplangan, toğ tepalari ötloq. Uran va polimetall rudalari konlari bor. Mineral buloqlar yonida kurortlar (BadenBaden, Badenvayler va boşqalar) barpo qilingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ШВАРЦВАЛЬД Германиянинг жан. ғарбий қисмидаги тоғ массиви, Рейн дарёсининг ўнг соҳилида. Уз. 160 км, эни 35—60 км. Энг баланд жойи 1493 (Фельдберг чўққиси). Грайит, гнейс ва қумтошлардан тузилган. Юқори Рейн пасттекислигига туташ ён бағри жуда тик. Чўққилари гумбазсимон ясси. Ён бағирлари кенг баргли ва игна баргли ўрмонлар билан қопланган, тоғ тепалари ўтлоқ. Уран ва полиметалл рудалари конлари бор. Минерал булоқлар ёнида курортлар (БаденБаден, Баденвайлер ва бошқалар) барпо қилинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.