Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sianidlar

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 16-b. — ziyouz.com

    Sianidlar — sianid kislota (HCN) tuzlari. Umumiy formulasi MeCN (bu yerda Me — 1 valentli metall). Köpçilik oddiy S. rangsiz. Işqoriy va işqoriy-yer metallarning S.i suvda eriydi. Oğir metallarning S.i (simob sianiddan taşqari) suvda oz eriydi. S. oksidlanganda sianatlar hosil qiladi. S. oltin va kumuşni rudalardan ajratib olişda, fotografiyada qöllanadi. S. juda zaharli.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЦИАНИДЛАР — цианид кислота (HCN) тузлари. Умумий формуласи MeCN (бу ерда Me — 1 валентли металл). Кўпчилик оддий Ц. рангсиз. Ишқорий ва ишқорий-ер металларнинг Ц.и сувда эрийди. Оғир металларнинг Ц.и (симоб цианиддан ташқари) сувда оз эрийди. Ц. оксидланганда цианатлар ҳосил қилади. Ц. олтин ва кумушни рудалардан ажратиб олишда, фотографияда қўлланади. Ц. жуда заҳарли.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.