Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sklerenxima

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 448-b. — ziyouz.com

    Sklerenxima (yun. scleros — qattiq, mustahkam va echyma — töldirilgan, quyilgan; bu yerda — töqima) — ösimliklarning mexanik töqimasi. Qalin qobikli yoğoçlangan 2 tipdagi hujayralar: tolalar va sklereidlardan tuzilgan. Tolalar juda çöziq, uz. bir neça ön mm dan 1 sm (qiçitqiöt), hatto 4 sm (rami)gaça böladi. S.ning yoğoçlanmay sellyulozaligiça qolgan tolasi töqimaçilik sanoati uçun qimmatbaho xom aşyo hisoblanadi. S. tolasi mustahkam va juda tarang. S. mustahkamlik jixatdan pölatdan, qayişqoqlik jihatdan kauçukdan qolişmaydi. Deyarli hamma quruqlik ösimliklarining, asosan, yoğoçi va lubida böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СКЛЕРЕНХИМА (юн. scleros — қаттиқ, мустаҳкам ва echyma — тўлдирилган, қуйилган; бу ерда — тўқима) — ўсимликларнинг механик тўқимаси. Қалин қобикли ёғочланган 2 типдаги ҳужайралар: толалар ва склереидлардан тузилган. Толалар жуда чўзиқ, уз. бир неча ўн мм дан 1 см (қичитқиўт), ҳатто 4 см (рами)гача бўлади. С.нинг ёғочланмай целлюлозалигича қолган толаси тўқимачилик саноати учун қимматбаҳо хом ашё ҳисобланади. С. толаси мустаҳкам ва жуда таранг. С. мустаҳкамлик жихатдан пўлатдан, қайишқоқлик жиҳатдан каучукдан қолишмайди. Деярли ҳамма қуруқлик ўсимликларининг, асосан, ёғочи ва лубида бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.