Sobirjon Şukurov
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 242-b. — ziyouz.com
Şukurov Sobirjon (1947.16.4 Toşkent — 2003.18.11) — naqqoş. Özbekiston xalq ustasi (2003). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1967), Toşkent politexnika instituti me'morlik f-tini (1976) tugatgan. 1980 yildan Respublika maxsus ijodiy işlab çiqariş «Usto» uyuşmasida faoliyat körsatgan. Özbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi binolarini, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuini va Buxoro viloyatidagi majmualarni naqqoşlikning qadimiy milliy uslubida bezaşda muayyan hissa qöşgan. «Şuhrat» medali bilan mukofotlangan (1997).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ШУКУРОВ Собиржон (1947.16.4 Тошкент — 2003.18.11) — наққош. Ўзбекистон халқ устаси (2003). Беньков номидаги Республика рассомлик билим юртини (1967), Тошкент политехника институти меъморлик ф-тини (1976) тугатган. 1980 йилдан Республика махсус ижодий ишлаб чиқариш «Усто» уюшмасида фаолият кўрсатган. Ўзбекистон Республикаси Олий мажлиси, Темурийлар тарихи давлат музейи биноларини, Самарқанддаги Имом ал-Бухорий мажмуини ва Бухоро вилоятидаги мажмуаларни наққошликнинг қадимий миллий услубида безашда муайян ҳисса қўшган. «Шуҳрат» медали билан мукофотланган (1997).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.