Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sof milliy mahsulot

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 536-b. — ziyouz.com

    Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, çorak, yil) da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan körsatkiçlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegişli davrda iste'mol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. S.m.m. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab çiqiladi. Nazariy jihatdan olganda S.m.m xöjalik faoliyati natijalarini yalpi içki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblaş imkonini beradi, çunki u tegişli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda S.m.m. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa iste'mol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblaşning murakkabligi bilan boğliq.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОФ МИЛЛИЙ МАҲСУЛОТ - муайян давр давоми (одатда ой, чорак, йил) да мамлакат иқтисодий фаолиятининг умумий якунларини тавсифлайдиган кўрсаткичлардан бири; ялпи миллий маҳсулот (ЯММ)дан таркибига тегишли даврда истеъмол этилган асосий капитал қиймати киритилмагани билан фарқ қилади. С.м.м. қиймати миллий ҳисоблар тизими асосида ҳисоблаб чиқилади. Назарий жиҳатдан олганда С.м.м хўжалик фаолияти натижаларини ялпи ички маҳсулот ва ЯММга қараганда аниқроқ ҳисоблаш имконини беради, чунки у тегишли даврда яратилган қийматни ҳисобга олади. Лекин амалиётда С.м.м. ҳисобкитобларидан ЯММга қараганда камроқфойдаланилади, бу эса истеъмол этилган капитал қийматини аниқ ҳисоблашнинг мураккаблиги билан боғлиқ.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.