Soğliqni saqlaş
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 549–554-b. — ziyouz.com
Soğliqni saqlaş - aholi soğliğini muhofaza kdpişga yönaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. S.s. kasalliklarning odsini oliş va davolaş, soğlom turmuş va mehnat şaroitini yaratiş, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr körişni ta'minlaşga qaratilgan umumiy tadbirlarni közda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslaşgan hamda mos tarzda yordam körsatişdan iborat.
S.s. Şarqda, xususan Özbekistonda uzoq tarixga ega. Ayniqsa örta asrda bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqiçlarga erişildi. Şu davrda yunon va b. tillardan qad. tibbiy asarlar arab tiliga tarjima etilib, ulardagi tavsiyalar amaliyotda qöllanila boşlagan. Ayni vaqtda Şarq mutafakkirlari tabobat ilmidan jahonşumul asarlar yaratganlar. Bu borada Abu Rayhon Beruniyning «Tibbiyotda dorişunoslik» («Kitob assaydana fittib»), Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» («Al Qonun fittib») asarlari maşhur bölib, jahon tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qöllanma bölib kelgan. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino davolaşning yangi usullarini qöllab tabib (hakim) sifatida öz davrida juda maşhur böldi. Keyingi davrlarda ham tabiblik Turkistonda soğliqni saqlaşning asosiy şakli bölib keldi. Tabiblar madrasalarda ta'lim olişgan yoki ustozşogirdlik yöli bilan turli kasalliklarga, singançiqqanlar, yaraçaqalarga davo qilişni, xastaliklarning oldini olişni örganişgan. Ularning köplari nafaqat bemorlarni davolaş, balki doridarmonlar tayyorlaş bilan ham şuğullanganlar. Sohibqiron Amir Temur boşqa ma'rifiy işlar qatori aholi salomatligini muhofaza qiliş işiga ham alohida e'tibor bergan. Boşqa mamlakatlar maşhur tabiblarini poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus şifoxonalar oçgan.
Movarounnahr va Xurosonda 8—9-a. dayoq şifoxonalar uçun maxsus binolar kurila boşlagan. Şifoxonalar 15-a. da Samarqand, Buxoro kabi şaharlarda ham köp bölgan. Bunday jamoat şifoxonalari «Dor uşşifo» («Davolaş uyi») nomi bilan yuritilib, ularda zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolaşgan. «Dor uşşifo»dagi maxsus dorixonalarda dorişunoslar bemorlar uçun doridarmonlar tayyorlab berişgan. Aksariyat şifoxonalarda tabiblar bemorlarni davolaşdan taşqari, tabobat ilmi bilan ham şuğullangan. Şifoxonalar oçişga Alişer Navoiy xam katta axamiyat bergan.
Manbalardan ma'lum bölişiça, keyingi yillarda ham Turkistonning ba'zi viloyatlarida maxsus şifoxonalar bölgan. Xususan, maşhur adib Vosifiy Zayniddin Mahmud (1485— 1551) «Nodir voqealar» («Badoye' ulvaqoye'») asarida Toşkentning şahar qörğonidan taşqaridagi Kaykovus çorboği haqida qiziqarli voqealarni bayon qilib, bu yerda xon va sultonlar uçun şifoxona bölganligini yozgan..U davrlarda suv, havo, osmon, yer tozaligiga, ya'ni zamonaviy tuşunça — ekologiyaga ahamiyat berilgan.
Turkistonni çor Rossiyasi bosib olganidan keyin ölkaga Ğarbga xos tibbiy muassasalar kirib keldi. Podşo hukumati Turkistondagi öz qöşinlarining manfaatini közlab 1868 y. Toşkentda harbiylar va amaldorlar uçun kasalxona (lazaret) oçdi. Keyinçalik boşqa şaharlarda ham kattakiçik kasalxonalar, şifoxonalar oçila boşladi. 1872 y. Samarqandda, 1873 y. Xivada, 1891 y. Buxoroda unçalik katta bölmagan kasalxonalar oçiddi. Pekin ular, asosan, davlat xizmatçilari va rus fuqarolariga xizmat körsatgan. Xususan, ayollarga tuğruqxona yoki kasalxonada tibbiy xizmat körsatiş işi uzoq vaqtgaça uyuşmagan hodda qolib ketavergan. Faqat 1880 y. Toşkentda xayriya yöli bilan atigi 4 örinli tuğruqxona taşkil etildi, ayollar va bolalarga möljallangan ambulatoriyalar oçildi. Mehnatni muhofaza qiliş, S.s.ga doir uyuşgan muntazam tizim yöqpigi uçun sobiq Turkiston tuproğida köpgina yuqumli kasalliklar haddan taşqari köp uçrar, ba'zida epidemiyaga aylanib, qançadanqança kişilarning yostiğini quritar edi. Çunonçi, 1872 y.dagi vabo epidemiyasi vaqtida Turkiston ölkasida 38 ming kişi nobud böldi. 1892 y.dan 20-a. boşlarigaça 6 marta vabo epidemiyasi bölib, har safar minglab kişilarning yostiğini quritdi. Ölkada bezgak, leyşmanioz, traxoma, rişta va b. kasalliklar ham ança köp uçrar edi. Mas, Buxorodek katta şahar aholisining beşdan bir qismidan köproği rişta kasalligiga giriftor bölgan.
Ötgan asrning 20y.larida bu borada bir qator taşkiliy işlar amalga oşirildi. Soğliqni saqpaş xalq komissarligi tuzilib, ölkadagi mavjud kasalxona, ambulatoriyalar va b. tibbiy muassasalar davlat tasarrufiga ötkazildi. Davolaş va epidemiyalarga karşi kuraşiş uçun sayyor otryadlar tuzildi, bakteriologik lab. işga tuşirildi, umumiy örinlar soni 7 mingga yaqin kasalxonalar oçildi. Ölkada çin çeçak, vabo, rişta, bezgak, traxoma, leyşmanioz singari kasalliklar, asosan, tugatildi, sil, teri kasalliklari va b. kasalliklar sezilarli darajada kamaydi.
Ölkada S.s. tizimining moddiytexnik bazasi bosqiçmabosqiç kengaytirilib, mustahkamlandi. Toşkentdagi yirik kasalxonalarda tor mutaxassisliklar böyiça ixtisoslaşgan köz, quloq, asab kasalliklari bölimlari va b. taşkil etildi. Samarqandda yangi kasalxona, Qöqonda bolalar kasalxonasi, Farğonada bemorlarni fizioterapevtik usullar bilan davolaydigan maxsus şifoxona oçiddi. Toşkentda şu sohadagi kiçik xususiy kasalxona negizida 1919 y. 150 öringa möljallangan fizioterapiya in-ti barpo etildi.
1920 y. Toşkentda silga kdrşi dastlabki dispanser iş boşladi. 1922 y. vraçliksanitariya nazorati taşkiloti tuzildi. 1924 y. Toşkentda teritanosil kasalliklari dispanseri, Buxoroda esa tropik tibbiyot in-ti (hoz. Samarqanddagi tibbiyot parazitologiyasi i.t. instituta) oçildi. 1924 y.ga kelib Turkistonda 6 tropik st-ya va uning joylardagi tarmoqdari işlab turdi. 1924 y. respublikada 53 kasalxona, 151 ambulatoriya (ularning 79 tasi qişloq joylarida), 40 feldşerlik punkti va b. muassasalar bor edi. Şu yillarda tibbiyot ta'limini yölga qöyiş va mahalliy aholidan tib mutaxassislari tayyorlaşga kirişildi. 1918 y.da Toşkentda dastlabki tibbiyot öquv yurti — hoz. Oxunboboyev nomidagi Respublika tibbiyot bilim yurti, oradan bir yil ötib, oliy tibbiyot maktabi oçildi, feldşerlik kurslari, qisqa muddat öqitiladigan jarroxlik kurslari, muruvvat hamşiralari kurslari taşkil etildi. Oliy tibbiyot maktabi 1920 y.da Örta Osiyo davlat un-ti tarkibidagi tibbiyot ftiga aylantirildi. Bu ftda öqişga yoşlarni tayyorlaş uçun respublikaning köpgina şaxarlarida işçi ftlari oçilib, ularga özbek ğamda boşqa yerli aholi yigitqizlari jalb etildi. Örta Osiyo davlat un-ti oliy ma'lumotli tibbiy xodimlar tayyorlaşdagina emas, balki joylarda yangi tibbiyot öquv yurtlari oçişda ham muhim örin tutdi. 1925 y. viloyatlarning markazlarida tibbiyot markazlari oçiddi. un-tning tibbiyot fti 1931 y. mustaqil tibbiyot in-ti (Toşkent tibbiyot instituti)ga aylantirildi. Samarqandda ham Samarqand tibbiyot instituti oçildi. 1932 y. Toşkent vraçlanr malakasini oşiriş instituĞyaitaşkil etildi. 1937 y. Toşkent farmatsevtika instituti iş boşladi. Ayni vaqtda ilmiy tadqiqot intlari ham barpo etildi. 1937 y. Toşkentda sil, 1940 y. qon quyiş intlari bor edi. Sanoat korxonalari va qişloq joylariga köplab vraçlar yuborildi, şaxar va qişloklarda yangi kasalxonalar, poliklinikalar, ambulatoriyalar oçildi, havosi sof va xuşmanzarali joylarda iqlimiy kurortlar, şifoxonalar barpo etildi.
1941—45 ylardagi uruş davrida Özbekiston S.s. tizimi zimmasiga ança mas'uliyatli vazifa tuşdi. Jarohatlangan va şikastlangan jangçilar uçun gospitallar oçiş, S.s. tizimining moddiytexnik bazasini yanada mustaqkamlaş, ölkaning sanitariya holatini barqaror saklab turiş kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq xarbiy gospitallar oçildi, Leningraddagi Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot in-ti va b. tibbiy i.t. muassasalari Özbekistonga köçirib keltirildi. Respublikada uruş nogironlarini davolaş uçun maxsus jarroxlik şifoxonalari oçildi.
Uruşdan keyin respublikada bir qança tibbiy ilmiy tadqiqot intlari kaytadan iş boşladi va yangilari paydo böldi (sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot intlari va b.). 1955 y. Andijon tibbiyot instituti, 1972 y. Örta Osiyo, hoz. Toşkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990 y. esa Buxoro tibbiyot instituti oçildi. Keyinçalik 1ToşTI ning Urganç filiali, 2ToşTIning Farğona filiali, Toşkent tibbiyot pediatriya in-tining Nukus filiali taşkil etildi. Kardiologiya, gastroenterologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya, allergologiya, revmatologiya va b. sohalar böyiça xizmat körsatadigan yirik klinikalar işga tuşirildi. Özbekistonda şifoxonalar soni 1010 ta, ulardagi örinlar soni 140072 ta böldi (2003). Sovetlar tuzumi davrida S.s. muassasalari tarmogi ança kengaygan bölsada, lekin ekologik nomutanosibliklar tufayli taşqi muhitning buzilişi, xususan, yerga turli xil kuçli kimyoviy moddalar solinişi, paxta yakkahokimligi va b. ijtimoiy noxuşliklar natijasida aholi orasida turli içki kasalliklarning köpayişi kuzatildi.
Özbekiston mustaqillikka erişganidan söng aholi salomatligini muhofaza qiliş sohasini qaytadan isloh qiliş boşlandi, S.s. tizimining asosiy tamoili — profilaktik yönalişni tiklaş; uning zamonaviy va samarali usullarini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş tadbirlarini kuçaytiriş; tibbiy ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlaş sohasini takomillaştiriş; i.t. işlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib çiqqan holda qayta taşkillaştiriş; mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda doridarmon, tibbiy aşyolar hamda şu sohaga taalluqli texnik vositalar işlab çiqaradigan sanoat vujudga keltiriş; S.s. muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxşilaş; davolaşprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan çiqarib, mulkçilik şaklini özgartiriş asosiy vazifa qilib qöyildi.
Özbekistonda S.s. işlarini ÖzR Soğliqni saklaş vazirligi boşqaradi. Krraqalpoğiston Respublikasida S.s. vazirligi, viloyatlar, şaharlar hamda tumanlarda tegişli boşqarma yoki bölimlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirişda ÖzR Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, şuningdek, «Soğlom avlod uçun» xalqaro xayriya jamğarmasi, «Qizil yarim oy» jamiyati, «Nuroniy» jamğarmasi va b. öz hissasini qöşib kelmoqda (q. Ijtimoiy jamğarma).
Bozor munosabatlariga ötiş S.s. sohasiga ham yangi talablar qöydi. Xususan, ma'muriyboşqariş sarfxarajatlarini kamaytiriş; bemorlarni davolaş jarayonida kunduzgi kamxarajat va samarali usullardan foydalaniş; şifoxonalar iş hajmining bir qismini poliklinikaga köçiriş, kam samarali örinlar sonini qisqartiriş; şartnoma asosida bajariladigan işlar uçun haq oliş va b. çoralar körilmoqda.
Aholi soğliğini muhofaza qiliş köp jihatdan davlat epidemiologiya xizmati faoliyatiga boğliq. Özbekistonda sanitariyaepidemiologiya st-yalari va aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantirişning taşkiliyuslubiy va muvofiklaştiruvçi işlarini olib boradigan «Salomatlik» markazlari bu vazifani amalga oşirmoqsa.
Respublikada «Salomatlik» instituti, uning viloyatlar va şaharlardagi şoxobçalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda aholi örtasida sanitariyagigiyenaga oid bilimlarni keng tarğib qilib boradi.
Bolalarga ixtisoslaşgan tibbiy yordam beruvçi muassasalar tarmoği barpo etildi. Respublikada işlab çiqilgan «Soğlom avlod uçun» dasturi avvalo muntazam ötkazib turiladigan tibbiy tekşirişlar asosida salomatligi zaif va kasalmand maktab öquvçilari va ösmirlarni aniklab, ularni va umuman yoş avlodni soğlomlaştiriş çoratadbirlarini amalga oşirib borişni közda tutadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilişdagi, soğlom avlodni kamol toptiriş uçun eng yaxşi moddiy şaroit va axloqiy muhitni ta'minlaşdagi alohida xizmatlari uçun 1993 y. 7 mayda ÖzR ning I va II darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni ta'sis etildi.
Özbekistonda tibbiy ta'limning uzluksiz bölişiga va mutaxassislarning öz malakalarini oşirib borişiga katta ahamiyat beriladi. Toşkentda vraçlar malakasini oşiriş in-ti işlab turibdi. Uning 43 kafedrasi va har xil ixtisoslikka möljallangan kurslarida har yili 8—10 ming vraç öz malakasini oşiradi.
Mamlakatda S.s. sohasidagi islohot bosqiçmabosqiç olib borildi. Birinçi boskiçda (1991—94 y.lar) butun e'tibor onalar va bolalar soğliğini muhofaza qiliş xizmatini takomillaştiriş, demografik körsatkiçlarni barqarorlaştiriş, yuqumli kasalliklarni kamaytirişga karatildi.
Ikkinçi bosqiçda (1994—98 y.lar) dorixonalar va bir qança davolaşprofilaktika muassasalari xususiylaştiriddi, ambulatoriyapoliklinika xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanişi 1997 y.dagi 18,3% örniga 2001 y.da 13,8% ga kamaydi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining «Özbekiston Respublikasi qişloqlari ijtimoiy infrastrukturasini 2000 yilgaça bölgan davrda rivojlantiriş dasturi töğrisida»gi qaroriga (1996 y. 21 may) muvofiq, S.s. sohasida mutlaqo yangi muassasa — qişloq vraçlik punktlari (QVP) taşkil etiş va aholiga dastlabki feldşerlik yordami emas, balki malakali vraçlik yordami körsatiş közda tutildi. QVGT uçun hamma körsatkiçlar — moddiy ta'minot, kadrlar, zamonaviy asbobuskunalar va doridarmonlar bilan ta'minlaş böyiça xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus mezon işlab çiqildi.
1998 y.dan S.s.ning rivojlanişida yangi davr boşlandi — 1998 y. 10 noyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1998— 2005 y.larda S.s. tizimini qayta quriş Davlat dasturi qabul qilindi. Unda mamlakat aholisiga tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş tadbirlari körsatib berildi. Bu dastur asosida S.s.ning birlamçi böğinini mustahkamlaş va umumiy vraçlik amaliyotini rivojlantiriş tadbirlari amalga oşirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tarmoklari taşkil etildi, natijada ikki bosqiçli, ya'ni QVP hamda tuman markaziy şifoxonasi orqali tibbiy yordam körsatiş yölga qöyildi. Mazkur işlar Jahon banki bilan hamkorlikda «Salomatlik» loyihasi asosida amalga oşirildi. Bu S.s.ning birlamçi böğini muassasalarini boşqariş va moliyalaştirişning yangi usullarini işlab çiqiş, tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlaş imkonini berdi.
Şoşilinç tibbiy yordam körsatiş tizimining yangi şakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida şoşilinç tibbiy yordam körsatişga, uyga vraç çaqiriş bilan malakali tibbiy yordam körsatiş örtasidagi vaqtni ança qisqartirişga muvaffaq bölindi. ğoz. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus ş. va barça viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va şahar kasalxonalari bölimlari faoliyat körsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlaş va ular malakasini oşiriş, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam körsatiş işlari amalga oşiriladi.
Tibbiy kadrlar tayyorlaşda ijobiy özgarişlar röy berdi. Tibbiyot oliy öquv yurtlarida öqiş muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magistrlar, şuningdek, oliy malakali tibbiy hamşiralar — qamşiralar işi bakalavrlari tayyorlanadigan böldi.
Onalar va bolalarni muhofaza kiliş xizmatini rivojlantirişning asosiy yönalişlari uzoq muddatga möljallangan Davlat dasturlarida [«Onalar va bolalar skriningi» (1998), «Soglom avlod» (2000), «Ona va bola» (2001), «Ayollar va ösib kelayotgan avlodlar soğliğini mustahkamlaş böyiça qöşimça tadbirlar töğrisida» (2002)] belgilab beriddi. Ekstragenital kasalliklarni aniklaş va bunday bemorlarni soglomlaştiriş uçun fertil yoşdagi ayollarni tibbiy körikdan ötkaziş işi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan ta'minlaş hajmi köpaytirildi, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida barvakt va yaqin qarindoşlar bilan turmuş qurişning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador böliş va tuğişning oldini oliş buyiça tuşuntiriş işlari ança faollaştirildi. Tuğma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tuğilişi oldini oliş maqsadida onalar va bolalarda skrining ötkaziş tizimi taşkil etildi, genetika Davlat registrini yaratiş işlari olib borilmoqda.
S.s. tizimidagi özgarişlar «Sihatsalomatlik» jurnali, «Özbekiston tibbiyot jurnali» va tibbiyot sohalariga oid jurnallarda yoritib boriladi.
Ad.: Karimov Ş. I., Muhamediyarova R. G. va b., Özbekistonda soğliqni saqlaş. Muammo va istiqbollar, T., 1998; N a zirov F. Ğ., Ona va bolasalomatligi yölida, T., 2001.
Damin Asadov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ - аҳоли соғлиғини муҳофаза кдпишга йўналтирилган ижтимоий, иқтисодий ва тиббий тадбирлар тизими. С.с. касалликларнинг одцини олиш ва даволаш, соғлом турмуш ва меҳнат шароитини яратиш, юқори меҳнат қобилиятини ва узоқ умр кўришни таъминлашга қаратилган умумий тадбирларни кўзда тутади; унинг асосий вазифаси беморларга замонавий, ихтисослашган ҳамда мос тарзда ёрдам кўрсатишдан иборат.
С.с. Шарқда, хусусан Ўзбекистонда узоқ тарихга эга. Айниқса ўрта асрда бу ҳудудда табобат илмида юқори босқичларга эришилди. Шу даврда юнон ва б. тиллардан қад. тиббий асарлар араб тилига таржима этилиб, улардаги тавсиялар амалиётда қўлланила бошлаган. Айни вақтда Шарқ мутафаккирлари табобат илмидан жаҳоншумул асарлар яратганлар. Бу борада Абу Райҳон Берунийнинг «Тиббиётда доришунослик» («Китоб ассайдана фиттиб»), Абу Али ибн Синонинг «Тиб қонунлари» («Ал Қонун фиттиб») асарлари машҳур бўлиб, жаҳон табобатида узоқ даврлар мобайнида асосий қўлланма бўлиб келган. Айниқса, Абу Али Ибн Сино даволашнинг янги усулларини қўллаб табиб (ҳаким) сифатида ўз даврида жуда машҳур бўлди. Кейинги даврларда ҳам табиблик Туркистонда соғлиқни сақлашнинг асосий шакли бўлиб келди. Табиблар мадрасаларда таълим олишган ёки устозшогирдлик йўли билан турли касалликларга, синганчиққанлар, ярачақаларга даво қилишни, хасталикларнинг олдини олишни ўрганишган. Уларнинг кўплари нафақат беморларни даволаш, балки доридармонлар тайёрлаш билан ҳам шуғулланганлар. Соҳибқирон Амир Темур бошқа маърифий ишлар қатори аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш ишига ҳам алоҳида эътибор берган. Бошқа мамлакатлар машҳур табибларини пойтахт Самарқандга олиб келиб, махсус шифохоналар очган.
Мовароуннаҳр ва Хуросонда 8—9-а. даёқ шифохоналар учун махсус бинолар курила бошлаган. Шифохоналар 15-а. да Самарқанд, Бухоро каби шаҳарларда ҳам кўп бўлган. Бундай жамоат шифохоналари «Дор ушшифо» («Даволаш уйи») номи билан юритилиб, уларда замонасининг билимдон табиблари беморларни даволашган. «Дор ушшифо»даги махсус дорихоналарда доришунослар беморлар учун доридармонлар тайёрлаб беришган. Аксарият шифохоналарда табиблар беморларни даволашдан ташқари, табобат илми билан ҳам шуғулланган. Шифохоналар очишга Алишер Навоий хам катта ахамият берган.
Манбалардан маълум бўлишича, кейинги йилларда ҳам Туркистоннинг баъзи вилоятларида махсус шифохоналар бўлган. Хусусан, машҳур адиб Восифий Зайниддин Маҳмуд (1485— 1551) «Нодир воқеалар» («Бадоеъ улвақоеъ») асарида Тошкентнинг шаҳар қўрғонидан ташқаридаги Кайковус чорбоғи ҳақида қизиқарли воқеаларни баён қилиб, бу ерда хон ва султонлар учун шифохона бўлганлигини ёзган..У даврларда сув, ҳаво, осмон, ер тозалигига, яъни замонавий тушунча — экологияга аҳамият берилган.
Туркистонни чор Россияси босиб олганидан кейин ўлкага Ғарбга хос тиббий муассасалар кириб келди. Подшо ҳукумати Туркистондаги ўз қўшинларининг манфаатини кўзлаб 1868 й. Тошкентда ҳарбийлар ва амалдорлар учун касалхона (лазарет) очди. Кейинчалик бошқа шаҳарларда ҳам каттакичик касалхоналар, шифохоналар очила бошлади. 1872 й. Самарқандда, 1873 й. Хивада, 1891 й. Бухорода унчалик катта бўлмаган касалхоналар очидди. Пекин улар, асосан, давлат хизматчилари ва рус фуқароларига хизмат кўрсатган. Хусусан, аёлларга туғруқхона ёки касалхонада тиббий хизмат кўрсатиш иши узоқ вақтгача уюшмаган ҳодда қолиб кетаверган. Фақат 1880 й. Тошкентда хайрия йўли билан атиги 4 ўринли туғруқхона ташкил этилди, аёллар ва болаларга мўлжалланган амбулаториялар очилди. Меҳнатни муҳофаза қилиш, С.с.га доир уюшган мунтазам тизим йўқпиги учун собиқ Туркистон тупроғида кўпгина юқумли касалликлар ҳаддан ташқари кўп учрар, баъзида эпидемияга айланиб, қанчаданқанча кишиларнинг ёстиғини қуритар эди. Чунончи, 1872 й.даги вабо эпидемияси вақтида Туркистон ўлкасида 38 минг киши нобуд бўлди. 1892 й.дан 20-а. бошларигача 6 марта вабо эпидемияси бўлиб, ҳар сафар минглаб кишиларнинг ёстиғини қуритди. Ўлкада безгак, лейшманиоз, трахома, ришта ва б. касалликлар ҳам анча кўп учрар эди. Мас, Бухородек катта шаҳар аҳолисининг бешдан бир қисмидан кўпроғи ришта касаллигига гирифтор бўлган.
Ўтган асрнинг 20й.ларида бу борада бир қатор ташкилий ишлар амалга оширилди. Соғлиқни сақпаш халқ комиссарлиги тузилиб, ўлкадаги мавжуд касалхона, амбулаториялар ва б. тиббий муассасалар давлат тасарруфига ўтказилди. Даволаш ва эпидемияларга карши курашиш учун сайёр отрядлар тузилди, бактериологик лаб. ишга туширилди, умумий ўринлар сони 7 мингга яқин касалхоналар очилди. Ўлкада чин чечак, вабо, ришта, безгак, трахома, лейшманиоз сингари касалликлар, асосан, тугатилди, сил, тери касалликлари ва б. касалликлар сезиларли даражада камайди.
Ўлкада С.с. тизимининг моддийтехник базаси босқичмабосқич кенгайтирилиб, мустаҳкамланди. Тошкентдаги йирик касалхоналарда тор мутахассисликлар бўйича ихтисослашган кўз, қулоқ, асаб касалликлари бўлимлари ва б. ташкил этилди. Самарқандда янги касалхона, Қўқонда болалар касалхонаси, Фарғонада беморларни физиотерапевтик усуллар билан даволайдиган махсус шифохона очидди. Тошкентда шу соҳадаги кичик хусусий касалхона негизида 1919 й. 150 ўринга мўлжалланган физиотерапия ин-ти барпо этилди.
1920 й. Тошкентда силга кдрши дастлабки диспансер иш бошлади. 1922 й. врачликсанитария назорати ташкилоти тузилди. 1924 й. Тошкентда теританосил касалликлари диспансери, Бухорода эса тропик тиббиёт ин-ти (ҳоз. Самарқанддаги тиббиёт паразитологияси и.т. института) очилди. 1924 й.га келиб Туркистонда 6 тропик ст-я ва унинг жойлардаги тармоқдари ишлаб турди. 1924 й. республикада 53 касалхона, 151 амбулатория (уларнинг 79 таси қишлоқ жойларида), 40 фельдшерлик пункти ва б. муассасалар бор эди. Шу йилларда тиббиёт таълимини йўлга қўйиш ва маҳаллий аҳолидан тиб мутахассислари тайёрлашга киришилди. 1918 й.да Тошкентда дастлабки тиббиёт ўқув юрти — ҳоз. Охунбобоев номидаги Республика тиббиёт билим юрти, орадан бир йил ўтиб, олий тиббиёт мактаби очилди, фельдшерлик курслари, қисқа муддат ўқитиладиган жаррохлик курслари, мурувват ҳамширалари курслари ташкил этилди. Олий тиббиёт мактаби 1920 й.да Ўрта Осиё давлат ун-ти таркибидаги тиббиёт фтига айлантирилди. Бу фтда ўқишга ёшларни тайёрлаш учун республиканинг кўпгина шахарларида ишчи фтлари очилиб, уларга ўзбек ғамда бошқа ерли аҳоли йигитқизлари жалб этилди. Ўрта Осиё давлат ун-ти олий маълумотли тиббий ходимлар тайёрлашдагина эмас, балки жойларда янги тиббиёт ўқув юртлари очишда ҳам муҳим ўрин тутди. 1925 й. вилоятларнинг марказларида тиббиёт марказлари очидди. ун-тнинг тиббиёт фти 1931 й. мустақил тиббиёт ин-ти (Тошкент тиббиёт институти)га айлантирилди. Самарқандда ҳам Самарқанд тиббиёт институти очилди. 1932 й. Тошкент врачланр малакасини ошириш институҒяиташкил этилди. 1937 й. Тошкент фармацевтика институти иш бошлади. Айни вақтда илмий тадқиқот интлари ҳам барпо этилди. 1937 й. Тошкентда сил, 1940 й. қон қуйиш интлари бор эди. Саноат корхоналари ва қишлоқ жойларига кўплаб врачлар юборилди, шахар ва қишлокларда янги касалхоналар, поликлиникалар, амбулаториялар очилди, ҳавоси соф ва хушманзарали жойларда иқлимий курортлар, шифохоналар барпо этилди.
1941—45 йлардаги уруш даврида Ўзбекистон С.с. тизими зиммасига анча масъулиятли вазифа тушди. Жароҳатланган ва шикастланган жангчилар учун госпиталлар очиш, С.с. тизимининг моддийтехник базасини янада мустақкамлаш, ўлканинг санитария ҳолатини барқарор саклаб туриш керак эди. Тез орада 130 дан ортиқ харбий госпиталлар очилди, Ленинграддаги Ҳарбий тиббиёт академияси, Москва тиббиёт ин-ти ва б. тиббий и.т. муассасалари Ўзбекистонга кўчириб келтирилди. Республикада уруш ногиронларини даволаш учун махсус жаррохлик шифохоналари очилди.
Урушдан кейин республикада бир қанча тиббий илмий тадқиқот интлари кайтадан иш бошлади ва янгилари пайдо бўлди (санитария, гигиена ва касб касалликлари, онкология ва радиология, педиатрия илмий тадқиқот интлари ва б.). 1955 й. Андижон тиббиёт институти, 1972 й. Ўрта Осиё, ҳоз. Тошкент тиббиёт педиатрия институти, 1990 й. эса Бухоро тиббиёт институти очилди. Кейинчалик 1ТошТИ нинг Урганч филиали, 2ТошТИнинг Фарғона филиали, Тошкент тиббиёт педиатрия ин-тининг Нукус филиали ташкил этилди. Кардиология, гастроэнтерология, эндокринология, неврология, гематология, пульмонология, аллергология, ревматология ва б. соҳалар бўйича хизмат кўрсатадиган йирик клиникалар ишга туширилди. Ўзбекистонда шифохоналар сони 1010 та, улардаги ўринлар сони 140072 та бўлди (2003). Советлар тузуми даврида С.с. муассасалари тармоги анча кенгайган бўлсада, лекин экологик номутаносибликлар туфайли ташқи муҳитнинг бузилиши, хусусан, ерга турли хил кучли кимёвий моддалар солиниши, пахта яккаҳокимлиги ва б. ижтимоий нохушликлар натижасида аҳоли орасида турли ички касалликларнинг кўпайиши кузатилди.
Ўзбекистон мустақилликка эришганидан сўнг аҳоли саломатлигини муҳофаза қилиш соҳасини қайтадан ислоҳ қилиш бошланди, С.с. тизимининг асосий тамоили — профилактик йўналишни тиклаш; унинг замонавий ва самарали усулларини ишлаб чиқиш ва амалиётга жорий этиш; оналар ва болалар саломатлигини муҳофаза қилиш тадбирларини кучайтириш; тиббий таълим тизими ва кадрлар тайёрлаш соҳасини такомиллаштириш; и.т. ишларини давр ва жамият ҳаётининг талабларидан келиб чиққан ҳолда қайта ташкиллаштириш; мамлакатда сифатли ва етарли миқдорда доридармон, тиббий ашёлар ҳамда шу соҳага тааллуқли техник воситалар ишлаб чиқарадиган саноат вужудга келтириш; С.с. муассасаларининг моддий техник базасини янада яхшилаш; даволашпрофилактика муассасаларининг бир қисмини давлат тасарруфидан чиқариб, мулкчилик шаклини ўзгартириш асосий вазифа қилиб қўйилди.
Ўзбекистонда С.с. ишларини ЎзР Соғлиқни саклаш вазирлиги бошқаради. Кррақалпоғистон Республикасида С.с. вазирлиги, вилоятлар, шаҳарлар ҳамда туманларда тегишли бошқарма ёки бўлимлар мавжуд. Республикада Сени ривожлантиришда ЎзР Касаба уюшмалари федерацияси, шунингдек, «Соғлом авлод учун» халқаро хайрия жамғармаси, «Қизил ярим ой» жамияти, «Нуроний» жамғармаси ва б. ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда (қ. Ижтимоий жамғарма).
Бозор муносабатларига ўтиш С.с. соҳасига ҳам янги талаблар қўйди. Хусусан, маъмурийбошқариш сарфхаражатларини камайтириш; беморларни даволаш жараёнида кундузги камхаражат ва самарали усуллардан фойдаланиш; шифохоналар иш ҳажмининг бир қисмини поликлиникага кўчириш, кам самарали ўринлар сонини қисқартириш; шартнома асосида бажариладиган ишлар учун ҳақ олиш ва б. чоралар кўрилмоқда.
Аҳоли соғлиғини муҳофаза қилиш кўп жиҳатдан давлат эпидемиология хизмати фаолиятига боғлиқ. Ўзбекистонда санитарияэпидемиология ст-ялари ва аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзини шакллантиришнинг ташкилийуслубий ва мувофиклаштирувчи ишларини олиб борадиган «Саломатлик» марказлари бу вазифани амалга оширмоқца.
Республикада «Саломатлик» институти, унинг вилоятлар ва шаҳарлардаги шохобчалари радио ва телевидение ҳамда матбуотдан фойдаланган ҳолда аҳоли ўртасида санитариягигиенага оид билимларни кенг тарғиб қилиб боради.
Болаларга ихтисослашган тиббий ёрдам берувчи муассасалар тармоғи барпо этилди. Республикада ишлаб чиқилган «Соғлом авлод учун» дастури аввало мунтазам ўтказиб туриладиган тиббий текширишлар асосида саломатлиги заиф ва касалманд мактаб ўқувчилари ва ўсмирларни аниклаб, уларни ва умуман ёш авлодни соғломлаштириш чоратадбирларини амалга ошириб боришни кўзда тутади.
Оналик ва болаликни муҳофаза қилишдаги, соғлом авлодни камол топтириш учун энг яхши моддий шароит ва ахлоқий муҳитни таъминлашдаги алоҳида хизматлари учун 1993 й. 7 майда ЎзР нинг I ва II даражали «Соғлом авлод учун» ордени таъсис этилди.
Ўзбекистонда тиббий таълимнинг узлуксиз бўлишига ва мутахассисларнинг ўз малакаларини ошириб боришига катта аҳамият берилади. Тошкентда врачлар малакасини ошириш ин-ти ишлаб турибди. Унинг 43 кафедраси ва ҳар хил ихтисосликка мўлжалланган курсларида ҳар йили 8—10 минг врач ўз малакасини оширади.
Мамлакатда С.с. соҳасидаги ислоҳот босқичмабосқич олиб борилди. Биринчи боскичда (1991—94 й.лар) бутун эътибор оналар ва болалар соғлиғини муҳофаза қилиш хизматини такомиллаштириш, демографик кўрсаткичларни барқарорлаштириш, юқумли касалликларни камайтиришга каратилди.
Иккинчи босқичда (1994—98 й.лар) дорихоналар ва бир қанча даволашпрофилактика муассасалари хусусийлаштиридди, амбулаторияполиклиника хизмати ривожлантирилиб қайта тузилди. Натижада, аҳолининг касалхонада ётиб даволаниши 1997 й.даги 18,3% ўрнига 2001 й.да 13,8% га камайди.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махдамасининг «Ўзбекистон Республикаси қишлоқлари ижтимоий инфраструктурасини 2000 йилгача бўлган даврда ривожлантириш дастури тўғрисида»ги қарорига (1996 й. 21 май) мувофиқ, С.с. соҳасида мутлақо янги муассаса — қишлоқ врачлик пунктлари (ҚВП) ташкил этиш ва аҳолига дастлабки фельдшерлик ёрдами эмас, балки малакали врачлик ёрдами кўрсатиш кўзда тутилди. ҚВГТ учун ҳамма кўрсаткичлар — моддий таъминот, кадрлар, замонавий асбобускуналар ва доридармонлар билан таъминлаш бўйича халқаро стандартларга мос келадиган махсус мезон ишлаб чиқилди.
1998 й.дан С.с.нинг ривожланишида янги давр бошланди — 1998 й. 10 ноябрда Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан 1998— 2005 й.ларда С.с. тизимини қайта қуриш Давлат дастури қабул қилинди. Унда мамлакат аҳолисига тиббий ёрдам кўрсатиш сифатини ошириш тадбирлари кўрсатиб берилди. Бу дастур асосида С.с.нинг бирламчи бўғинини мустаҳкамлаш ва умумий врачлик амалиётини ривожлантириш тадбирлари амалга оширилди. Ҳамма вилоятларда ҚВПнинг кенг тармоклари ташкил этилди, натижада икки босқичли, яъни ҚВП ҳамда туман марказий шифохонаси орқали тиббий ёрдам кўрсатиш йўлга қўйилди. Мазкур ишлар Жаҳон банки билан ҳамкорликда «Саломатлик» лойиҳаси асосида амалга оширилди. Бу С.с.нинг бирламчи бўғини муассасаларини бошқариш ва молиялаштиришнинг янги усулларини ишлаб чиқиш, тиббий хизмат кўрсатиш сифатини яхшилаш ва умумий амалий тиббий ходимлар тайёрлаш имконини берди.
Шошилинч тиббий ёрдам кўрсатиш тизимининг янги шакли жорий этилди. Натижада мамлакатнинг ҳамма ҳудудларида шошилинч тиббий ёрдам кўрсатишга, уйга врач чақириш билан малакали тиббий ёрдам кўрсатиш ўртасидаги вақтни анча қисқартиришга муваффақ бўлинди. ғоз. Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази, Нукус ш. ва барча вилоят марказларида унинг филиаллари ҳамда марказий туман ва шаҳар касалхоналари бўлимлари фаолият кўрсатмоқда. Уларда кадрлар тайёрлаш ва улар малакасини ошириш, фавқулодда вазиятларда тиббий ёрдам кўрсатиш ишлари амалга оширилади.
Тиббий кадрлар тайёрлашда ижобий ўзгаришлар рўй берди. Тиббиёт олий ўқув юртларида ўқиш муддати 7 йилга узайтирилиб, бакалавр ва магистрлар, шунингдек, олий малакали тиббий ҳамширалар — қамширалар иши бакалаврлари тайёрланадиган бўлди.
Оналар ва болаларни муҳофаза килиш хизматини ривожлантиришнинг асосий йўналишлари узоқ муддатга мўлжалланган Давлат дастурларида [«Оналар ва болалар скрининги» (1998), «Соглом авлод» (2000), «Она ва бола» (2001), «Аёллар ва ўсиб келаётган авлодлар соғлиғини мустаҳкамлаш бўйича қўшимча тадбирлар тўғрисида» (2002)] белгилаб беридди. Экстрагенитал касалликларни аниклаш ва бундай беморларни согломлаштириш учун фертил ёшдаги аёлларни тиббий кўрикдан ўтказиш иши янада жонлантирилди, уларни контрацептив воситалар билан таъминлаш ҳажми кўпайтирилди, аҳоли, айниқса, ёшлар ўртасида барвакт ва яқин қариндошлар билан турмуш қуришнинг салбий оқибатлари, экстрагенитал касалликлари бор аёлларда ҳомиладор бўлиш ва туғишнинг олдини олиш буйича тушунтириш ишлари анча фаоллаштирилди. Туғма нуқсонли ва ирсий касаллиги бор болаларнинг туғилиши олдини олиш мақсадида оналар ва болаларда скрининг ўтказиш тизими ташкил этилди, генетика Давлат регистрини яратиш ишлари олиб борилмоқда.
С.с. тизимидаги ўзгаришлар «Сиҳатсаломатлик» журнали, «Ўзбекистон тиббиёт журнали» ва тиббиёт соҳаларига оид журналларда ёритиб борилади.
Ад.: Каримов Ш. И., Муҳамедиярова Р. Г. ва б., Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш. Муаммо ва истиқболлар, Т., 1998; Н а зиров Ф. Ғ., Она ва боласаломатлиги йўлида, Т., 2001.
Дамин Асадов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.