Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Solyarigraf

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 510-b. — ziyouz.com

    Solyarigraf (lot. Solaris — quyoşga doir va ...graf) — Quyoş radiatsiyasini qayd qilib boradigan asbob. Quyoş nurlarini qabul qilib oladigan termoelektr asbob — solyarimetr va özi avtomatik tarzda qayd qiluvçi qism — galvanografdan iborat. Solyarimetr Quyoşning harakatiga monand ravişda burilib turadi, qayd qiluvçi qism esa qözğalmaydi. S. Quyoş va Quyoş sistemasidagi sayyoralarni örganişda qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОЛЯРИГРАФ (лот. Solaris — қуёшга доир ва ...граф) — Қуёш радиациясини қайд қилиб борадиган асбоб. Қуёш нурларини қабул қилиб оладиган термоэлектр асбоб — соляриметр ва ўзи автоматик тарзда қайд қилувчи қисм — гальванографдан иборат. Соляриметр Қуёшнинг ҳаракатига монанд равишда бурилиб туради, қайд қилувчи қисм эса қўзғалмайди. С. Қуёш ва Қуёш системасидаги сайёраларни ўрганишда қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.