Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Somoniylar

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 518–521-b. — ziyouz.com

    Somoniylar - 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulola. S.ning oilaviy nisbasi, ya'ni nomi ularning ajdodi bölmiş Somonxudot ismi bilan boğliq. Somonxudotning kelib çiqişi hakida turli xil ma'lumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narşaxiy (10-a.) va Hamza Isfahoniy (10- a.) keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qişloğidan, alMukaddasiy (10-a.) ning ma'lumotiga köra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qişloqdan bölgan. «Sa'diya» nomli asar (17-a.) da keltirilgan ma'lumotlarga köra, uning asl ismi Arquq bölib, u Farğonadan Termizga köçib kelgan va u yerda Somon nomli qişloğiga asos solgan.Örta asrlarda Buxoro, Farğona, Toxariston, Xuttalon va b. viloyatlarda ham Somon nomli qişloqlar bölganligi kayd etilgan. Bu ma'lumotlar «Somon» toponimi örta asrlarda Örta Osiyo hududlarida va undan taşqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi bölganligidan dalolat beradi.

    Köpçilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga köra, Somonxudot sosoniylar davridagi maşhur sarkarda Bahrom Çöbin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi bölgan. Baxrom Çöbinning kelib çiqişi eftaliylar bilan boğlik U sosoniylarga qarşi közğolon kötarib (590 y.) mağlubiyatga uçragandan keyin Farğonaga qoçib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigaça öşa yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham özlarini podşoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi şahanşoxlar oliy taxtiga da'vo kilganlar. Somonxudotning şajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamçan, Tamğas kabi) turkiy ismlari bölgan. Şunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabğu (ya'ni Somonxudot) turkiylarning Öğuzxondan keyingi davrlarda yaşagan ajdodlari katorida tilga olingan.

    Örta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim ma'lumotlarga köra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQuşayriy (725/727 va 735/738 y.lar)ning oldiga kelib, undan duşmanlariga qarşi kurolli yordam berişini suraydi. Arablar yordamida duşmanlarini yenggaç, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va öğlining ismini amirning şarafiga Asad köyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli uğillari alMa'munning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays közyulonini bostirişda faol qatnaşgan. Buning evaziga alMa'mun ularni bir neçta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Farğona amiri, Yahyo — Şoş va Ustruşona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari bölgan tohiriylarga tobe bölgan va harbiy kuç töplab, Arab xalifaligining şarqiy çegaralarini qöriqlab turişgan, şuningdek, şim.dagi turklarga qarşi bir neça bor yurişlar qilişgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni öziga tobe qiladi. Şunday qilib, akaukaning tönğiçi bölgan Nuh ibn Asad Samarqand va Suğdning katta qismini, şuningdek, Farğona va b. bir qança şaharlarni öz hokimiyati ostida birlaştiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakçilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga ötadi. Uning 7 ta ötli bölib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy şaharlarida hokimiyatni öz qöllariga oladilar. Faqat Buxoro ş. tohiriylar qölida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qaraşli bölgan Hirot ş.da ham hokimiyat S.ning qölidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Şunda S. oilasining boşliği bölgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Şunday qilib, Buxoro ham S qöliga ötib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Şovğar ş.ga yuriş qiladilar. Deyarli butun Örta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlaşgandan keyin oila boşliği Nasr xalifa alMu'tamiddan Movarounnahrni boşqarişga maxsus yorliq oldi (875 y.). Köp ötmay Ismoil akasi Nasrga böysunişdan boş tortib, unga qarşi köşin tortadi. Akauka qöşinlari orasida bölib ötgan jangda (888 y.) Nasr mağlubiyatga uçraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni öz qöliga oladi. U Taroz ş.ga yuriş qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Şalji kumuş konlariga egalik kidali. Öşa yilning özida Ahmad Ustruşonadagi afşinlar sulolasining oxirgi vakillarini yöq qiladi va viloyatni butkul özining hokimiyatiga böysundiradi. S.ning kuçayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan çetlatib, örniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qöşin bilan Movarounnahrga yöl olganda, Ismoil unga qarşi çiqib, bir neça jangdan keyin uni mağlubiyatga uçratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qaraşli bölgan Xurosonni ham öz yerlariga qöşib oladi. Şunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongaça bölgan yerlarni öz hrkimiyati ostida birlaştirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qöliga ötdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 y.lar), Nasr ibn Ahmad (914—943 y.lar), Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 y.lar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 y.lar), Nuh ibn Mansur (976—997 y.lar), Mansur ibn Nuh (997—999 y.lar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 y.lar). Şundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qöliga ötib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005 y.lar) qoraxoniylar sulolasiga qarşi kuraş olib borib, S. hokimiyatini tiklaşga urindi, lekin natija bölmadi va oxiri özi ham öldirildi. Şu bilan S. sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.

    Ma'muriy boşqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan bölib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boşqarmalar) böysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Bal'amiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Bal'amiy ulardan eng maşhur vazirlardir. S.da vazir devonidan taşqari 10 devon bölib, ular uçun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boşqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan taşkil topgan bölib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilişi, şuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bölişi şart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb ataşgan. Saroy harbiy qömondonlari hojib, Xuroson laşkarboşisi esa sipoxsolor deb atalgan bölib, boşqaruv işlariga katta ta'sir ötkazib kelişgan. S.ning soliklardan kelib tuşadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni taşkil qilgan bölsa, bu mablağdan 20 mln.ga yaqini boşqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qöşin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uçun iş xaqi hammaga har 90 kunda, ya'ni bir yilda 4 marta muntazam ravişda berib turilgan.

    10-a. boşida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan taşkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustruşona, Farğona, Şoş, Isfijob, Xorazm, Keş, Nasaf, Çağoniyon, Xuttalon, Badaxşon, Balx, Toxariston, Guzganon, Ğarçiston, Marv, Hirot, Ğur, Nişopur va Görgon. Viloyatlarda boşqaruv ğokimlar qölida bölib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga köpinça mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Şaharlarning boşqaruvi raislar qölida bölib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Toxariston şaharlarida baniçuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda fariğuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, şuningdek, Çağoniyon, Ğazna, Sijiston, Ğur va Ğarçistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.

    S.ning saroy ma'muriyati içidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar taşkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi şunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa işlari töla turkiylarning qölida bölgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va b. şaharlarning turkiy aholisi köplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boşqaruv tizimida ularning salmoği oşib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayaç, Altuntoş, Baniçur, Toş singari maşqur tarixiy şaxslar va ularning avlodlari şular jumlasidandir. Şuningdek, turli viloyatlar va şaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmiş, Boytuz, Tuztoş, Kunboş, Suboşitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortoş, Oytuğdibek, Bilgategin, Fategin, Şukrtegin, Aytuğmiş va b. ğukmdorlar boşqargan.

    Hokimiyat S. qölidan ketib, qoraxoniylar qöliga ötgandan keyin ularning deyarli barçasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga ötişgan. Şuning uçun Buğroxon 992 y.da Isfijobdan yuriş qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga heç kim qarşilik kö)|satmagan. Çunki mahalliy aholi, şu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargaça bölgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, öz yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.

    Şunday qilib, S boşqaruv tizimi aniq va mukammal ravişda tuzilgan bölib, özida davlatçilikning öşa davrda eng ilğor an'analarini mujassamlaştirgan. Lekin qonunçilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qaraş haqiqatga töğri kelmaydi. Çunki u davrda, ya'ni 9— 10-a.larda, Abbosiylar xalifaligida markaziy hokimiyat zaiflaşib, viloyatlardagi maxalliy hokimiyat kuçaygani va deyarli mustaqil içki siyosat olib borgani bilan, barça mahalliy sulolalar, şu jumladan, S. ham, rasman bölsada, Bağdod xalifalariga böysungan edilar. Ular faqat ma'muriy boşqaruvda va xöjalik işlarini yuritişda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va özini özi boşqariş vakolatlariga ega bölganlar. Şariat nuqtai nazaridan ğam, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr ma'muriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning şu viloyatlardagi hokimiyatni boşqariş uçun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, S.ning hukmronligi davlatçilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining tarkibida Bağdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil içki siyosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanişi mumkin.

    Madaniyati. S. boşqaruvtizimining taşkil topişi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy kötariliş, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Urganç, Marv va Nişopur kabi şaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boşlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boşlandi. 9—10-a. larda, ayniqsa, Buxoro ş. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qölyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.

    Movarounnahrda me'morlik va san'at yangi taraqqiyot bosqiçiga ötdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganç, Termiz, Özgan va Marv kabi şaharlarda köplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.

    Ad.: A6u Bakr Muhammad ibn Ja'far anNarşaxiy, Buxoro tarixi [fors tilidan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Kamaliddinov Ş. S, Istoriçeskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaziçnim istoçnikam IX — naçala XIII vv., T., 1996; Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Duşanbe, 1977; Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — naçalo XIII vv., Frunze, 1983.

    Şamsuddin Kamoliddinov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОМОНИЙЛАР - 910-а.ларда Мовароуннаҳр ва Хуросондаги сулола. С.нинг оилавий нисбаси, яъни номи уларнинг аждоди бўлмиш Сомонхудот исми билан боғлиқ. Сомонхудотнинг келиб чиқиши ҳакида турли хил маълумот ва фикрлар мавжуд. Абу Бакр Наршахий (10-а.) ва Ҳамза Исфаҳоний (10- а.) келтирган маълумотларга қараганда, Сомонхудот Балх вилоятидаги Сомон қишлоғидан, алМукаддасий (10-а.) нинг маълумотига кўра эса, у Самарқанд вилоятидаги Сомон номли қишлоқдан бўлган. «Саъдийа» номли асар (17-а.) да келтирилган маълумотларга кўра, унинг асл исми Арқуқ бўлиб, у Фарғонадан Термизга кўчиб келган ва у ерда Сомон номли қишлоғига асос солган.Ўрта асрларда Бухоро, Фарғона, Тохаристон, Хутталон ва б. вилоятларда ҳам Сомон номли қишлоқлар бўлганлиги кайд этилган. Бу маълумотлар «Сомон» топоними ўрта асрларда Ўрта Осиё ҳудудларида ва ундан ташқари ерларда ҳам кенг таркалган жой номи бўлганлигидан далолат беради.

    Кўпчилик манбалар (Ҳудуд алолам, Ибн Ҳавқал, Беруний, Гардизи ва ҳ.к.) га кўра, Сомонхудот сосонийлар давридаги машҳур саркарда Баҳром Чўбин (6-а.) нинг 4 ёки 5погонадаги авлоди бўлган. Бахром Чўбиннинг келиб чиқиши эфталийлар билан боғлик У сосонийларга қарши кўзғолон кўтариб (590 й.) мағлубиятга учрагандан кейин Фарғонага қочиб келган ва туркий маликага уйланиб, умрининг охиригача ўша ерда колиб кетган. Унинг авлодлари ҳам ўзларини подшохдар оиласига мансуб деб ҳисоблаганлар ва Сосонийлар давлатидаги шаҳаншохлар олий тахтига даъво килганлар. Сомонхудотнинг шажарасида келтирилган аждодларидан айримларининг (Жуба, Жамчан, Тамғас каби) туркий исмлари бўлган. Шуниси диқкатга сазоворки, туркийларнинг ривоятларида Сомонябғу (яъни Сомонхудот) туркийларнинг Ўғузхондан кейинги даврларда яшаган аждодлари каторида тилга олинган.

    Ўрта Осиёга араблар бостириб келганда, Сомонхудот, айрим маълумотларга кўра, Балх вилоятидан Марвга Хуросон амири Асад ибн Абдуллоҳ алҚушайрий (725/727 ва 735/738 й.лар)нинг олдига келиб, ундан душманларига қарши куролли ёрдам беришини сурайди. Араблар ёрдамида душманларини енггач, Сомонхудот ислом динини кабул килади ва ўғлининг исмини амирнинг шарафига Асад кўяди. Асаднинг Нуҳ, Аҳмад, Яҳё ва Илёс исмли уғиллари алМаъмуннинг Марвдаги саройида хизматда булган ва Рофи ибн Лайс кўзюлонини бостиришда фаол қатнашган. Бунинг эвазига алМаъмун уларни бир нечта вилоятларга амир этиб тайинлайди (819—820 й.). Хусусан, Нуҳ — Самарқанд амири, Аҳмад — Фарғона амири, Яҳё — Шош ва Уструшона амири, Илёс эса Ҳирот амири этиб хайинланади. Улар дастлаб Хуросон амирлари бўлган тоҳирийларга тобе бўлган ва ҳарбий куч тўплаб, Араб халифалигининг шарқий чегараларини қўриқлаб туришган, шунингдек, шим.даги туркларга қарши бир неча бор юришлар қилишган. Нуҳ ибн Асад Исфижобни босиб олиб (840 й.), уни ўзига тобе қилади. Шундай қилиб, акауканинг тўнғичи бўлган Нуҳ ибн Асад Самарқанд ва Суғднинг катта қисмини, шунингдек, Фарғона ва б. бир қанча шаҳарларни ўз ҳокимияти остида бирлаштиради. Нуҳнинг вафотидан кейин (842 й.) сулоладаги етакчилик унинг укаси Аҳмад ибн Асад оиласига ўтади. Унинг 7 та ўтли бўлиб, улар отасининг вафотидан кейин (866 й.) Мовароуннаҳрнинг асосий шаҳарларида ҳокимиятни ўз қўлларига оладилар. Фақат Бухоро ш. тоҳирийлар қўлида эди. Илёс ибн Асад вафотидан кейин унга қарашли бўлган Ҳирот ш.да ҳам ҳокимият С.нинг қўлидан кетди. Тоҳирийлар ҳокимияти тугатилгандан кейин (873 й.) Бухорода бир муддат сиёсий беқарорлик ва тартибсизликлар юз берди. Шунда С. оиласининг бошлиғи бўлган Наср ибн Аҳмад маҳаллий деҳқонлар таклифига биноан, Бухорога укаси Исмоил ибн Аҳмадни ҳоким қилиб юборади. Шундай қилиб, Бухоро ҳам С қўлига ўтиб, уларнинг қудрати яна ҳам ортди. Наср даврида С туркларнинг Шовғар ш.га юриш қиладилар. Деярли бутун Ўрта Осиё ерлари уларнинг ҳркимияти остида бирлашгандан кейин оила бошлиғи Наср халифа алМуътамиддан Мовароуннаҳрни бошқаришга махсус ёрлиқ олди (875 й.). Кўп ўтмай Исмоил акаси Насрга бўйсунишдан бош тортиб, унга қарши кўшин тортади. Акаука қўшинлари орасида бўлиб ўтган жангда (888 й.) Наср мағлубиятга учрайди ва натижада Исмоил ибн Аҳмад бутун ҳокимиятни ўз қўлига олади. У Тароз ш.га юриш қилиб, уни босиб олади (893 й.) ва натижада бой Шалжи кумуш конларига эгалик кидали. Ўша йилнинг ўзида Аҳмад Уструшонадаги афшинлар сулоласининг охирги вакилларини йўқ қилади ва вилоятни буткул ўзининг ҳокимиятига бўйсундиради. С.нинг кучайиб бораётганидан хавфсираган араб халифаси Исмоилни ҳокимиятдан четлатиб, ўрнига Хуросон амири Амр ибн Лайс Саффорийни тайинлайди (898 й.). Амр қўшин билан Мовароуннаҳрга йўл олганда, Исмоил унга қарши чиқиб, бир неча жангдан кейин уни мағлубиятга учратади (900 й.) ва натижада саффорийларта қарашли бўлган Хуросонни ҳам ўз ерларига қўшиб олади. Шундай қилиб, Исмоил ибн Аҳмад ҳукмронлиги даврида Талас водийсидан Хуросонгача бўлган ерларни ўз ҳркимияти остида бирлаштирди. Исмоил ибн Аҳмад вафотидан кейин (907 й.) ҳокимият унинг авлодлари қўлига ўтди: Аҳмад ибн Исмоил (907—914 й.лар), Наср ибн Аҳмад (914—943 й.лар), Нуҳ ибн Наср (943-954 й.лар), Абдулмалик ибн Нуҳ (954—961 й.лар), Мансур ибн Абдулмалик (961—976 й.лар), Нуҳ ибн Мансур (976—997 й.лар), Мансур ибн Нуҳ (997—999 й.лар), Абдулмалик ибн Мансур (999—1000 й.лар). Шундан кейин мамлакатдаги ҳокимият қорахонийлар сулоласининг қўлига ўтиб, С. ҳокимияти тугатилди. Сулоланинг охирги вакили Исмоил алМунтасир (1000—1005 й.лар) қорахонийлар сулоласига қарши кураш олиб бориб, С. ҳокимиятини тиклашга уринди, лекин натижа бўлмади ва охири ўзи ҳам ўлдирилди. Шу билан С. сулоласи тарих саҳнасидан бутунлай кетди.

    Маъмурий бошқарув тизими. С. сулоласининг ҳокимиятдаги вакиллари амир деб аталган бўлиб, уларга даргоҳ (сарой ахли) ва девонлар (ҳарбий бошқармалар) бўйсунган. Вазир мансабига, асосан, Жайҳонийлар, Балъамийлар ва Утбийлар аслзода оилаларининг вакиллари тайинланар эди. Жайҳоний ва Балъамий улардан энг машҳур вазирлардир. С.да вазир девонидан ташқари 10 девон бўлиб, улар учун Бухородаги Регистон майдонида махсус катта бино қурилган эди. С.нинг бошқарув тизими, асосан, маҳаллий деҳқонлар, аслзодалар ва дин арбобларидан ташкил топган бўлиб, ҳар бир амалдор араб ва форс тилларини мукаммал билиши, шунингдек, диний ва дунёвий фанлардан хабардор бўлиши шарт эди. Бундай одамларни аҳл алқалам (қалам ахли) деб аташган. Сарой ҳарбий қўмондонлари ҳожиб, Хуросон лашкарбошиси эса сипохсолор деб аталган бўлиб, бошқарув ишларига катта таъсир ўтказиб келишган. С.нинг соликлардан келиб тушадиган йиллик даромади 45 млн. дирҳамни ташкил қилган бўлса, бу маблағдан 20 млн.га яқини бошқарув тизимида хизмат қилаётган амалдорлар ва қўшин эҳтиёжларига сарфланган. Хизмат учун иш хақи ҳаммага ҳар 90 кунда, яъни бир йилда 4 марта мунтазам равишда бериб турилган.

    10-а. бошида С. ҳукмронлиги остидаги мулклар қуйидаги вилоятлардан ташкил топган: Бухоро, Самарқанд, Уструшона, Фарғона, Шош, Исфижоб, Хоразм, Кеш, Насаф, Чағониён, Хутталон, Бадахшон, Балх, Тохаристон, Гузганон, Ғарчистон, Марв, Ҳирот, Ғур, Нишопур ва Гўргон. Вилоятларда бошқарув ғокимлар қўлида бўлиб, улар амир томонидан тайинланган. Бу мансабга кўпинча маҳаллий ер эгалари ва вилоят ҳокимлари хонадони вакиллари тайинланар эди. Шаҳарларнинг бошқаруви раислар қўлида бўлиб, улар ҳокимлар томонидан тайинланган. Мас, С. ҳукмронлиги даврида Тохаристон шаҳарларида баничурийлар сулоласи, Хуросонда симжурийлар сулоласи, Гузганонда фариғунийлар сулоласи, Хоразм ва Исфижобда маҳаллий туркий сулолалар, шунингдек, Чағониён, Ғазна, Сижистон, Ғур ва Ғарчистонда маҳаллий сулолалар ҳукм сурган.

    С.нинг сарой маъмурияти ичидаги амалдорларнинг бир қисмини форелар, қолган қисмини маҳаллий туркийлар ташкил этган. Вилоятларда ҳам худди шундай аҳвол кузатилган. Ҳарбий ва мудофаа ишлари тўла туркийларнинг қўлида бўлган. 10-а. га келиб Исфижоб, Тароз ва б. шаҳарларнинг туркий аҳолиси кўплаб ислом динини қабул қилганликлари туфайли С.нинг бошқарув тизимида уларнинг салмоғи ошиб кетган. Хусусан, Алптегин, Сабуктегин, Алп Арслон, Алитегин, Симжурий, Бектузун, Қоратегин, Аяч, Алтунтош, Баничур, Тош сингари машқур тарихий шахслар ва уларнинг авлодлари шулар жумласидандир. Шунингдек, турли вилоятлар ва шаҳарларни Инаж, ИлМангу, Сабукра, Бойқаро, Алхунмиш, Бойтуз, Тузтош, Кунбош, Субошитегин, Камтегин, Фаёзбек, Хуморбек, Хумортош, Ойтуғдибек, Билгатегин, Фатегин, Шукртегин, Айтуғмиш ва б. ғукмдорлар бошқарган.

    Ҳокимият С. қўлидан кетиб, қорахонийлар қўлига ўтгандан кейин уларнинг деярли барчаси иккиланмай янги ҳукмдорлар хизматига ўтишган. Шунинг учун Буғрохон 992 й.да Исфижобдан юриш қилиб, Самарқанд ва Бухорони эгаллаганда, унга ҳеч ким қаршилик кў)|сатмаган. Чунки маҳаллий аҳоли, шу жумладан, амалдорлар ҳам, уларга Мовароуннаҳрнинг арабларгача бўлган асл эгалари сифатида ва энди ислом динини қабул қилиб, ўз ерларига қайтиб келган ҳукмдорлар деб қараганлар.

    Шундай қилиб, С бошқарув тизими аниқ ва мукаммал равишда тузилган бўлиб, ўзида давлатчиликнинг ўша даврда энг илғор анъаналарини мужассамлаштирган. Лекин қонунчилик нуқтаи назаридан С. ҳукмронлигини тенг ҳуқуқли мустақил давлат сифатида қараш ҳақиқатга тўғри келмайди. Чунки у даврда, яъни 9— 10-а.ларда, Аббосийлар халифалигида марказий ҳокимият заифлашиб, вилоятлардаги махаллий ҳокимият кучайгани ва деярли мустақил ички сиёсат олиб боргани билан, барча маҳаллий сулолалар, шу жумладан, С. ҳам, расман бўлсада, Бағдод халифаларига бўйсунган эдилар. Улар фақат маъмурий бошқарувда ва хўжалик ишларини юритишда халифалар томонидан берилган кенг ҳуқуклар ва ўзини ўзи бошқариш ваколатларига эга бўлганлар. Шариат нуқтаи назаридан ғам, халқаро ҳуқуқ нуқтаи назаридан ҳам, Хуросон ва Мовароуннаҳр маъмурий жиҳатдан Аббосийлар халифалигининг ажралмас қисми, С. эса халифаларнинг шу вилоятлардаги ҳокимиятни бошқариш учун тайинланган волийлари ҳисобланган. Демак, С.нинг ҳукмронлиги давлатчилик сифатида эмас, балки Аббосийлар халифалигининг таркибида Бағдоддан тайинланган ва нисбатан мустақил ички сиёсат олиб борган маҳаллий ҳукмдорлар сулоласининг ҳокимияти сифатида баҳоланиши мумкин.

    Маданияти. С. бошқарувтизимининг ташкил топиши сиёсий барқарорлик ва иқтисодий кўтарилиш, маданий ҳаётнинг равнақига имкон берди. Бухоро, Самарқанд, Урганч, Марв ва Нишопур каби шаҳарлар илмий ва маданий марказ сифатида тараққий қила бошлайди. Форсийдарийда назм, наср ва илмий асарлар ёзила бошланди. 9—10-а. ларда, айниқса, Бухоро ш. маданий жиҳатдан юксалади. Пойтахтда амир саройида турли соҳаларга оид қўлёзма китоблар сақланадиган каттагина кутубхона барпо этилади.

    Мовароуннаҳрда меъморлик ва санъат янги тараққиёт босқичига ўтди. Бу даврда Самарқанд, Бухоро, Урганч, Термиз, Ўзган ва Марв каби шаҳарларда кўплаб сарой, масжид, Мадраса, минора, хонақоҳ, мақбара, тим ва карвонсаройлар қурилди.

    Ад.: А6у Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар анНаршахий, Бухоро тарихи [форс тилидан А. Расулев таржимаси], Т., 1991; Босворт К. Э., Мусульманские династии, М., 1971; Камалиддинов Ш. С, Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязычным источникам IX — начала XIII вв., Т., 1996; Негматов Н. Н., Государство Саманидов (Мавераннахр и Хорасан в IX —X вв.), Душанбе, 1977; Караев О., История Караханидского каганата X — начало XIII вв., Фрунзе, 1983.

    Шамсуддин Камолиддинов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.