Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sorbsiya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 532-b. — ziyouz.com

    Sorbsiya (lot. sorbeo — yutaman) — gaz, buğ va erigan moddalarning kattik, jism yoki suyuqlikda yutilişi. Yutuvçi jismlar sorbentlar, yutiluvçi modda sorbat (yoki sorbtiv) deyiladi. S.ning quyidagi turlari bor: adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va kapillyar kondensatsiya — yutuvçi moddaning ğovak va kapillyarlarida suyuq faza hosil bölişi. S. — köpgina tabiiy jarayonlarning asosiy tarkibiy qismi; u kimyoda keng qöllanadi. Muhim sorbentlarga faollangan kumir, silikogel, seolitlar, smektit, navbaxtit va b. kiradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОРБЦИЯ (лот. sorbeo — ютаман) — газ, буғ ва эриган моддаларнинг каттик, жисм ёки суюқликда ютилиши. Ютувчи жисмлар сорбентлар, ютилувчи модда сорбат (ёки сорбтив) дейилади. С.нинг қуйидаги турлари бор: адсорбция, абсорбция, хемосорбция ва капилляр конденсация — ютувчи модданинг ғовак ва капиллярларида суюқ фаза ҳосил бўлиши. С. — кўпгина табиий жараёнларнинг асосий таркибий қисми; у кимёда кенг қўлланади. Муҳим сорбентларга фаолланган кумир, силикогель, цеолитлар, смектит, навбахтит ва б. киради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.