Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sovundaraxt

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 485-b. — ziyouz.com

    Sovundaraxt SOVUNDARAXT, sapindus (Sapindus) — sapindoşlar oilasiga mansub past böyli daraxtlar yoki butalar turkumi, doim yaşil yoki barg tökadigan daraxtlar. 15 ga yaqin turi bor; tropik Osiyo (6 turi) va Amerikada (3 turi), Gavayi orollari va Okeaniyada tarqalgan. Mevasida 38% ça saponin moddasi bor va sovun örnida işlatiladi. Tropik va subtropik mamlakatlarda manzarali ösimlik va saponin oliş uçun ekiladi. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Zakavkazye va Örta Osiyoda Zturi: haqiqiy S. (S. saponaria), muku ros i S. (S. mucorossi) va sovuqqa çidamli Drummond S. i (S. drummondii) östiriladi. Ba'zi turlarining mevasi yeyiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОВУНДАРАХТ, сапиндус (Sapindus) — сапиндошлар оиласига мансуб паст бўйли дарахтлар ёки буталар туркуми, доим яшил ёки барг тўкадиган дарахтлар. 15 га яқин тури бор; тропик Осиё (6 тури) ва Америкада (3 тури), Гавайи ороллари ва Океанияда тарқалган. Мевасида 38% ча сапонин моддаси бор ва совун ўрнида ишлатилади. Тропик ва субтропик мамлакатларда манзарали ўсимлик ва сапонин олиш учун экилади. Кавказнинг Қора денгиз соҳилларида, Закавказье ва Ўрта Осиёда Зтури: ҳақиқий С. (S. saponaria), муку рос и С. (S. mucorossi) ва совуққа чидамли Друммонд С. и (S. drummondii) ўстирилади. Баъзи турларининг меваси ейилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.