Sovuq havo oqimi
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 487-b. — ziyouz.com
Sovuq havo oqimi - atmosfera frontlaridan bölib, issiq havo tomon harakat qiladi va katta mintaqada havo t-rasini ança pasaytiradi (q. Arktika havosi). S.h.o. siklon ortida, sovuq front orqasida röy beradi. Kirib kelayotgan S.h.o.da antitsiklon yuzaga keladi. Örta Osiyoga arktika va mö'tadil kenglik sovuq havosi şim.dan yoki şim.ğarbdan Ural, Ğarbiy Sibir, Qozoğiston va Ustyurt orqali keladi. S.h.o. ta'sirida havo oqimlari meridional yönalişga mos kelgan vaqtda Örta Osiyoda traning pasayişi kuzatiladi, ya'ni keçki bahor va ertangi kuz sovuklari tuşişiga olib keladi.
Q.: Arktika havosi
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СОВУҚ ҲАВО ОҚИМИ - атмосфера фронтларидан бўлиб, иссиқ ҳаво томон ҳаракат қилади ва катта минтақада ҳаво т-расини анча пасайтиради (қ. Арктика ҳавоси). С.ҳ.о. циклон ортида, совуқ фронт орқасида рўй беради. Кириб келаётган С.ҳ.о.да антициклон юзага келади. Ўрта Осиёга арктика ва мўътадил кенглик совуқ ҳавоси шим.дан ёки шим.ғарбдан Урал, Ғарбий Сибирь, Қозоғистон ва Устюрт орқали келади. С.ҳ.о. таъсирида ҳаво оқимлари меридионал йўналишга мос келган вақтда Ўрта Осиёда транинг пасайиши кузатилади, яъни кечки баҳор ва эртанги куз совуклари тушишига олиб келади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.