Söx svitasi
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 838-b. — ziyouz.com
Söx svitasi — quyi törtlamçi davrga mansub yotqiziklar, 1932 y. mustaqil svita sifatida ajratilgan. S.s. Farğona, Isfara, Şohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 m gaça. S.s, asosan, qum, şağal va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, bör va uçlamçi davr yotqiziqlarining yuvilişi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. S.s. yotqiziqlari quriliş materiallari sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СЎХ СВИТАСИ — қуйи тўртламчи даврга мансуб ётқизиклар, 1932 й. мустақил свита сифатида ажратилган. С.с. Фарғона, Исфара, Шоҳимардон атрофларида, Норин дарёси водийсида мавжуд, қалинлиги 1000 м гача. С.с, асосан, қум, шағал ва конгломератлардан таркиб топган. Свита жинслари юра, бўр ва учламчи давр ётқизиқларининг ювилиши ва оқин сувлар фаолияти натижасида вужудга келган. С.с. ётқизиқлари қурилиш материаллари сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.