Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sözoq svitasi

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 830-b. — ziyouz.com

    Sözoq svitasi (Farğona vodiysidagi Sözoq qişloği nomidan) — eotsen davriga mansub mahalliy yotqiziklar majmui. 1937 y.da ajratilgan. Örta Osiyo jan. (Toşkent atrofi, Farğona vodiysi, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari, AfğonistonTojikiston depressiyalari)da keng tarqalgan regional svita. Yaşil rangli gil, mergel, ayrim joylarda qizğiş qumtoş, gips va dolomitlar qatlamçalaridan tarkib topgan. Qalinligi 10—90 m. Bu svitada erta eotsen davriga oid hayvon qoldiqlari mavjud. Seda sanoat mikiyosidagi neft Farğona botiğida oçilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СЎЗОҚ СВИТАСИ (Фарғона водийсидаги Сўзоқ қишлоғи номидан) — эоцен даврига мансуб маҳаллий ётқизиклар мажмуи. 1937 й.да ажратилган. Ўрта Осиё жан. (Тошкент атрофи, Фарғона водийси, Сурхондарё, Қашқадарё вилоятлари, АфғонистонТожикистон депрессиялари)да кенг тарқалган регионал свита. Яшил рангли гил, мергель, айрим жойларда қизғиш қумтош, гипс ва доломитлар қатламчаларидан таркиб топган. Қалинлиги 10—90 м. Бу свитада эрта эоцен даврига оид ҳайвон қолдиқлари мавжуд. Седа саноат микиёсидаги нефть Фарғона ботиғида очилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.