Spektrometriya
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 560-b. — ziyouz.com
Spektrometriya (spektr va ... metriya) — spektrlarni ölçaş nazariyasi va usullarini işlab çiqiş bilan şuğullanadigan ilmiy soha. Tölqinlar uzunliklarining optik diapazonida S. amaliy metrologiya, spektroskopiya va çizikli tizimlar nazariyasi bölimlarini birlaştiradi. S spektral asboblar (spektrometr, spektrosensitometr va b.) ning prinsipial sxemalarini tanlaş va hisoblaş usullarini optimallaş uçun xizmat qiladi. S. yordamida olingan natijalar nazariy va amaliy işlarda keng qöllanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СПЕКТРОМЕТРИЯ (спектр ва ... метрия) — спектрларни ўлчаш назарияси ва усулларини ишлаб чиқиш билан шуғулланадиган илмий соҳа. Тўлқинлар узунликларининг оптик диапазонида С. амалий метрология, спектроскопия ва чизикли тизимлар назарияси бўлимларини бирлаштиради. С спектрал асбоблар (спектрометр, спектросенситометр ва б.) нинг принципиал схемаларини танлаш ва ҳисоблаш усулларини оптималлаш учун хизмат қилади. С. ёрдамида олинган натижалар назарий ва амалий ишларда кенг қўлланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.