Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Splenomegaliya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 571–572-b. — ziyouz.com

    Splenomegaliya (yun. splen ta loq va megas — katta) — taloq (qora jigar)ning kattalaşuvi. Köpinça taloq kasalliklari (ösmalar, kistalar, abssesslar)da, umumiy infeksiyalar (sepsiz, bezgak, iç terlama, tepkili terlama va b.)da, qon (mas, leykoz, limfogranulematoz) va jigar kasalliklarida kuzatiladi. S. taloqda qon aylanişining buzilişi (mas, trombozlar), taloq funksiyasining kuçayişi (gipersplenizm) va b. asoratlarga olib keladi.

    Davosi: operatsiya kilib taloq olib taşlanadi (splenektomiya).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СПЛЕНОМЕГАЛИЯ (юн. splen та лоқ ва megas — катта) — талоқ (қора жигар)нинг катталашуви. Кўпинча талоқ касалликлари (ўсмалар, кисталар, абсцесслар)да, умумий инфекциялар (сепсиз, безгак, ич терлама, тепкили терлама ва б.)да, қон (мас, лейкоз, лимфогранулематоз) ва жигар касалликларида кузатилади. С. талоқда қон айланишининг бузилиши (мас, тромбозлар), талоқ функциясининг кучайиши (гиперспленизм) ва б. асоратларга олиб келади.

    Давоси: операция килиб талоқ олиб ташланади (спленэктомия).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.