Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Spot

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 582–583-b. — ziyouz.com

    Spot (ing. spot — naqd, haqi darhol tölanadigan) — naqd tovar yoki valyuta oldisotdisi töğrisida birja yoki birjadan taşqari kelişuv turi. S şartlarida sotilgan tovar haqi darhol tölanadi, tovarning özi esa xaridorga ertasiga yetkazib beriladi. Oradagi bir kun mobaynida kelişuv hujjatlarini rasmiylaştiriş, bank operatsiyalarini ötkaziş işlari bajariladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СПОТ (инг. spot — нақд, ҳақи дарҳол тўланадиган) — нақд товар ёки валюта олдисотдиси тўғрисида биржа ёки биржадан ташқари келишув тури. С шартларида сотилган товар ҳақи дарҳол тўланади, товарнинг ўзи эса харидорга эртасига етказиб берилади. Орадаги бир кун мобайнида келишув ҳужжатларини расмийлаштириш, банк операцияларини ўтказиш ишлари бажарилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.