Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ssintillyatorlar

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 811-b. — ziyouz.com

    Ssintillyatorlar - ionlovçi nurlaniş yoki elementar zarralar ta'sirida yoruğlik çaqnaşi — ssintillyatsiya sodir qiladigan lyuminoforlar. Ionlovçi nurlaniş yoki zarralarning yoruğlik energiyasiga aylanayotgan energiya miqdori (konversion effektivlik) va yoruğsizlaniş davomiyligi S.ning muhim xarakteristikalari hisoblanadi. Kristallofosforlar (mas, ZnS, Nal), organik kristallar (mas, antratsen, stilben), plastmassa eritmalari, inert gazlar S. vazifasini bajarişi mumkin. S. ssintillyatsion hisoblagiçlaraa qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СЦИНТИЛЛЯТОРЛАР - ионловчи нурланиш ёки элементар зарралар таъсирида ёруғлик чақнаши — сцинтилляция содир қиладиган люминофорлар. Ионловчи нурланиш ёки зарраларнинг ёруғлик энергиясига айланаётган энергия миқдори (конверсион эффективлик) ва ёруғсизланиш давомийлиги С.нинг муҳим характеристикалари ҳисобланади. Кристаллофосфорлар (мас, ZnS, Nal), органик кристаллар (мас, антрацен, стильбен), пластмасса эритмалари, инерт газлар С. вазифасини бажариши мумкин. С. сцинтилляцион ҳисоблагичлараа қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.