Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Stearin

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 599-b. — ziyouz.com

    Stearin (yun. stear — yoğ, moy) — texnik stearin kislota, yuqori yoğ karbon kislotalarining aralaşmasi (asosan, stearin va palmitin kislotalari). S. oq yoki sariq rangli yarimşaffof, qölga yoğdek unnaydigan qattiq massa. Ziçligi 920 kg/m3 (20°da), suyuqlaniş t-rasi 53—65° (naviga köra). Hayvon yoğlari gidrolizatlarini distillab yoki ösimlik moylarining göyinmagan yoğ kislotalarini gidrogenlab olinadi. Sovun, şam işlab çiqariş.da, rezina, töqimaçilik va b. sanoat tarmoklarida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СТЕАРИН (юн. stear — ёғ, мой) — техник стеарин кислота, юқори ёғ карбон кислоталарининг аралашмаси (асосан, стеарин ва пальмитин кислоталари). С. оқ ёки сариқ рангли яримшаффоф, қўлга ёғдек уннайдиган қаттиқ масса. Зичлиги 920 кг/м3 (20°да), суюқланиш т-раси 53—65° (навига кўра). Ҳайвон ёғлари гидролизатларини дистиллаб ёки ўсимлик мойларининг гўйинмаган ёғ кислоталарини гидрогенлаб олинади. Совун, шам ишлаб чиқариш.да, резина, тўқимачилик ва б. саноат тармокларида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.