Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Stenli Kramer

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 687-b. — ziyouz.com

    Kramer Stenli KRAMER (Kreymer) (lot. Kramer) Stenli (1913.29.9, Nyu-York) — amerika kinorejissyori, prodyuser. Amerika kinosi progressiv yönalişi vakili. Siyosiy oçiq va dolzarb ijtimoiy mavzudagi ötkir syujetli filmlari b-n şuhrat qozondi. Eng yaxşi filmlari: «Egilmagan boşlar», «Sönggi sohilda», «Nyurnberg protsessi», «Bu telba, telba, telba, dunyo», «Ahmoqlar qayiği», «Yugurib ketayotgan qoqiladi» va b. K. işlari professionalizm jihatidan dadilligi va an'anaviy dramaturgiya hamda janr sxemalariga sodiq qolişi b-n ajralib turadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КРАМЕР (Креймер) (лот. Kramer) Стэнли (1913.29.9, Нью-Йорк) — америка кинорежиссёри, продюсер. Америка киноси прогрессив йўналиши вакили. Сиёсий очиқ ва долзарб ижтимоий мавзудаги ўткир сюжетли фильмлари б-н шуҳрат қозонди. Энг яхши фильмлари: «Эгилмаган бошлар», «Сўнгги соҳилда», «Нюрнберг процесси», «Бу телба, телба, телба, дунё», «Аҳмоқлар қайиғи», «Югуриб кетаётган қоқилади» ва б. К. ишлари профессионализм жиҳатидан дадиллиги ва анъанавий драматургия ҳамда жанр схемаларига содиқ қолиши б-н ажралиб туради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.