Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Studiya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 630-b. — ziyouz.com

    Studiya (ital. studio — öqiş, örganiş) — 1) rassom yoki haykaltaroş ustaxonasi; 2) rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab; 3) ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) san'ati asoslarini örganadigan, asosan, yoşlardan taşkil topgan teatr (yoki rassomlar) jamoasi. S.ning professional va xavaskorlik turlari bor; 4) badiiy va b. filmlar yaratuvçi ijodiy va texnik kino xodimlari jamoasi; 5) radioeşittiriş va telekörsatuvlar olib boriladigan maxsus bino (radiostudiya, telestudiya); 6) ovoz yoziş xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va b.) vositalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (mas, «Tarona rekorde» S.si va b.).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СТУДИЯ (итал. studio — ўқиш, ўрганиш) — 1) рассом ёки ҳайкалтарош устахонаси; 2) рассом ёки актёрлар тайёрлайдиган мактаб; 3) ижодий фаолият билан бир қаторда саҳна (ёки тасвирий) санъати асосларини ўрганадиган, асосан, ёшлардан ташкил топган театр (ёки рассомлар) жамоаси. С.нинг профессионал ва хаваскорлик турлари бор; 4) бадиий ва б. фильмлар яратувчи ижодий ва техник кино ходимлари жамоаси; 5) радиоэшиттириш ва телекўрсатувлар олиб бориладиган махсус бино (радиостудия, телестудия); 6) овоз ёзиш хонаси. Мусиқий асарлар ижроларини электр (магнитофон каби) ва электрон (синтезатор ва б.) воситалар ёрдамида ёзиб олиб фонограмма тайёрлайдиган махсус жой (мас, «Тарона рекорде» С.си ва б.).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.