Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Sulton Otajonov

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269–270-b. — ziyouz.com

    Otajonov Sulton (1937.5.11, Xorazm viloyati Yangiariq tumani) — kulol, Özbekiston xalq ustasi (1999). Tanikli sulolaviy kulollar avlodi davomçilaridan. Xorazm kulollik maktabining yirik namoyandalaridan. Kulollik kasbini otasi Otajon Matyoqubov va usta Rahimberdi Matçonovdan örgangan. U sopoldan bodiya, kosa, lagan va b. köplab idişlarning noyob namunalarini yaratdi; işlarida oq angobdan unumli foydalanadi. Binolarning devorlariga sopoldan namoyonlar işlagan. Respublika va xorijdagi köplab hunarmandlik, xalq amaliy san'ati körgazma va yarmarkalarida iştirok etib keladi. Asarlari Respublika hamda xorijiy muzey va kolleksiyalardan örin olgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОТАЖОНОВ Султон (1937.5.11, Хоразм вилояти Янгиариқ тумани) — кулол, Ўзбекистон халқ устаси (1999). Таникли сулолавий кулоллар авлоди давомчиларидан. Хоразм кулоллик мактабининг йирик намояндаларидан. Кулоллик касбини отаси Отажон Матёқубов ва уста Раҳимберди Матчоновдан ўрганган. У сополдан бодия, коса, лаган ва б. кўплаб идишларнинг ноёб намуналарини яратди; ишларида оқ ангобдан унумли фойдаланади. Биноларнинг деворларига сополдан намоёнлар ишлаган. Республика ва хориждаги кўплаб ҳунармандлик, халқ амалий санъати кўргазма ва ярмаркаларида иштирок этиб келади. Асарлари Республика ҳамда хорижий музей ва коллекциялардан ўрин олган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.