Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Surabaya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 742-b. — ziyouz.com

    Surabaya — Indoneziyadagi şahar. Şarqiy Yava provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 2,7 mln. kişi (1990y. lar örtalari). Transport yöllari tuguni (Madura o.ga parom qatnaydi). KaliMas daryosi quyiliş yeridagi port. Maşinasozlik (kemasozlik, tayyor qismlardan avtomobil yiğiş, elektrotexnika), neft kimyosi, oynaşişa, sement, yengil sanoat korxonalari bor. Badiiy buyumlar («batik» matosi töqiş, yoğoç öymakorligi va b.) tayyorlanadi. un-t, muzey bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СУРАБАЯ — Индонезиядаги шаҳар. Шарқий Ява провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 2,7 млн. киши (1990й. лар ўрталари). Транспорт йўллари тугуни (Мадура о.га паром қатнайди). КалиMac дарёси қуйилиш еридаги порт. Машинасозлик (кемасозлик, тайёр қисмлардан автомобиль йиғиш, электротехника), нефть кимёси, ойнашиша, цемент, енгил саноат корхоналари бор. Бадиий буюмлар («батик» матоси тўқиш, ёғоч ўймакорлиги ва б.) тайёрланади. ун-т, музей бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.