Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Surakarta

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 742-b. — ziyouz.com

    Surakarta (Solo) (Surakarta, Solo) — Yava o. (Indoneziya)dagi sultonlik (1743—1950). Mataram sultonligining şim. qismini golland mustamlakaçilari bosib olgaç, uning markaziy va jan. qismida barpo etilgan. Markazi — Solo daryosi böyida joylaşgan Surakarta ş. 1812 y. golland mustamlakaçilari S.da öz nazoratlarini örnatganlar. 1942—45 y.larda sultonlik yapon qöşinlari tomonidan bosib olingan. S. rasman 1950 y.gaça mavjud bölgan, söngra Indoneziya respublikasining Markaziy Yava viloyati tarkibiga kirgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СУРАКАРТА (Соло) (Surakarta, Solo) — Ява о. (Индонезия)даги султонлик (1743—1950). Матарам султонлигининг шим. қисмини голланд мустамлакачилари босиб олгач, унинг марказий ва жан. қисмида барпо этилган. Маркази — Соло дарёси бўйида жойлашган Суракарта ш. 1812 й. голланд мустамлакачилари С.да ўз назоратларини ўрнатганлар. 1942—45 й.ларда султонлик япон қўшинлари томонидан босиб олинган. С. расман 1950 й.гача мавжуд бўлган, сўнгра Индонезия республикасининг Марказий Ява вилояти таркибига кирган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.