Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Surat

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 742–743-b. — ziyouz.com

    Surat — Hindistondagi şahar, Gujarot ştatida. Aholisi 2,1 mln. kişi (2001). Arabiston dengizi sohilidagi port. Transport yöllari tuguni. Töqimaçilik, oziqovqat, qoğoz, neft kimyosi, maşinasozlik va elektronika sanoati korxonalari mavjud. un-t, aeroport bor. Hunarmandçilikda turli matolar, parça, zarxal va kumuş ipli törlar töqiladi; yoğoç öymakorligi rivojlangan. Şaharga 1613 y.da inglizlarning Hindistondagi dastlabki faktoriyasi sifatida asos solingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СУРАТ — Ҳиндистондаги шаҳар, Гужарот штатида. Аҳолиси 2,1 млн. киши (2001). Арабистон денгизи соҳилидаги порт. Транспорт йўллари тугуни. Тўқимачилик, озиқовқат, қоғоз, нефть кимёси, машинасозлик ва электроника саноати корхоналари мавжуд. ун-т, аэропорт бор. Ҳунармандчиликда турли матолар, парча, зархал ва кумуш ипли тўрлар тўқилади; ёғоч ўймакорлиги ривожланган. Шаҳарга 1613 й.да инглизларнинг Ҳиндистондаги дастлабки факторияси сифатида асос солинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.