Surxondaryo qöğirçoq teatri
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 769-b. — ziyouz.com
Surxondaryo qöğirçoq teatri — 2001 y. 26 noyabrda taşkil etilgan. Teatr «Tuyaquşboyoquş» (P. Mömin) spektakli bilan oçilgan (2002). 240 örinli zaliga ega. «Döstlar» (A. Jamol), «Örmonda yangi yil», «Abdulla quvnoq hangomalari» (T. Qobilov), «Yalmoğizga alla — quyonvoyga tilla» (3. Şamsutdinova şe'rlari asosida) kabi spektakllar sahnalaştirildi. Teatr foyesida rassom Rözi Çoriyev rasmlari galereyasi joylaşgan bölib, rassomning portret, peyzaj janrlariga mansub jami 55 asari qöyilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СУРХОНДАРЁ ҚЎҒИРЧОҚ ТЕАТРИ — 2001 й. 26 ноябрда ташкил этилган. Театр «Туяқушбоёқуш» (П. Мўмин) спектакли билан очилган (2002). 240 ўринли залига эга. «Дўстлар» (А. Жамол), «Ўрмонда янги йил», «Абдулла қувноқ ҳангомалари» (Т. Қобилов), «Ялмоғизга алла — қуёнвойга тилла» (3. Шамсутдинова шеърлари асосида) каби спектакллар саҳналаштирилди. Театр фойесида рассом Рўзи Чориев расмлари галереяси жойлашган бўлиб, рассомнинг портрет, пейзаж жанрларига мансуб жами 55 асари қўйилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.