Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Susamir vodiysi

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 772-b. — ziyouz.com

    Susamir vodiysi SUSAMIR VODIYSI, Susamir soyligi — Tyanşandagi soyliklardan biri. Şim.dan Talas Olatovi bilan Qirğiziston Olatovi, jan.dan Susamirtov bilan Jumğaltov orasida (Qirğiziston) joylaşgan. Yer yuzasi, asosan, tekis. Vodiydan Susamir va Ğarbiy Qoraköl (Norin havzasi) daryolari oqib ötadi. Vodiy tubi 2100— 2500 m balandliqda, qisman botqoqlaşgan. Toğ ötloq daştlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СУСАМИР ВОДИЙСИ, Сусамир сойлиги — Тяньшандаги сойликлардан бири. Шим.дан Талас Олатови билан Қирғизистон Олатови, жан.дан Сусамиртов билан Жумғалтов орасида (Қирғизистон) жойлашган. Ер юзаси, асосан, текис. Водийдан Сусамир ва Ғарбий Қоракўл (Норин ҳавзаси) дарёлари оқиб ўтади. Водий туби 2100— 2500 м баландлиқда, қисман ботқоқлашган. Тоғ ўтлоқ даштларидан яйлов сифатида фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.