Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Suyunçi

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 782-b. — ziyouz.com

    Suyunçi — biron quvonçli voqea töğrisida xuşxabar keltiruvçiga beriladigan sovğa, mukofot, sevinçi. S. uzok, safarga, harbiy xizmatga borib soğsalomat kelgan kişi töfisida, farzand (öğil yoki qiz) tuğilganda va b. haqida 1marta xuşxabar keltirgan kişiga yoşiga qarab beriladi. S. pul, belboğ, döppi, yaktak, tön, kiyimlik va jonliq (qöy, eçki) kabi şakllarda ham berilişi mumkin.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СУЮНЧИ — бирон қувончли воқеа тўғрисида хушхабар келтирувчига бериладиган совға, мукофот, севинчи. С. узок, сафарга, ҳарбий хизматга бориб соғсаломат келган киши тўфисида, фарзанд (ўғил ёки қиз) туғилганда ва б. ҳақида 1марта хушхабар келтирган кишига ёшига қараб берилади. С. пул, белбоғ, дўппи, яктак, тўн, кийимлик ва жонлиқ (қўй, эчки) каби шаклларда ҳам берилиши мумкин.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.