Suzma
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 696-b. — ziyouz.com
Suzma — sut mahsuloti. Asosan, Urta Osiyo va Qozoğistonda uy şaroitlarida tayyorlanadi. Qatiq yoki kuvda sariyoği olingan ayronni surp xaltaga solib, 3—5 soat ilib qöyiladi. Zardobi sizigaç, S. hosil böladi. Qatiq va ayrondagi vitaminlar, organik moddalar töla saqlanib qoladi. S. töyimli va parhez mahsulot hisoblanadi. Tuz va kökatlar qöşib iste'mol qilinadi, qurt tayyorlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
СУЗМА — сут маҳсулоти. Асосан, Урта Осиё ва Қозоғистонда уй шароитларида тайёрланади. Қатиқ ёки кувда сариёғи олинган айронни сурп халтага солиб, 3—5 соат илиб қўйилади. Зардоби сизигач, С. ҳосил бўлади. Қатиқ ва айрондаги витаминлар, органик моддалар тўла сақланиб қолади. С. тўйимли ва парҳез маҳсулот ҳисобланади. Туз ва кўкатлар қўшиб истеъмол қилинади, қурт тайёрланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.