Tabiat yodgorliklari
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 5-b. — ziyouz.com
Tabiat yodgorliklari - jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: ğorlar, şarşaralar, ajoyib şaklli qoyatoşlar, daralar, geyzerlar, buloklar, oçilib qolgan joylar, katta yoşli ulkan daraxtlar. T.yo.dan ilmiy, estetik, rekreatsiya, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Uzbekistonda bunday T.yo.dan juda köp: qad. odamlarning qoldiqlari topilgan Teşiktoş ğori, Sayrob, Boysun, Xöjakentdagi qad. çinorlar, Qöytoş, Qirqqiz, Odamtoş, Xöjakentdagi qoyatoşlarga çizilgan rasmlar şular jumlasidandir. Mamlakatda 400 dan ziyod T.ye. röyxatga olingan. T.ye. davlat tomonidan qöriqlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ТАБИАТ ЁДГОРЛИКЛАРИ - жонли ва жонсиз табиат яратган ноёб, диққатга сазовор объектлар: ғорлар, шаршаралар, ажойиб шаклли қоятошлар, даралар, гейзерлар, булоклар, очилиб қолган жойлар, катта ёшли улкан дарахтлар. Т.ё.дан илмий, эстетик, рекреация, саёҳат, туризм, истироҳат, тарбиявий мақсадларда фойдаланилади. Узбекистонда бундай Т.ё.дан жуда кўп: қад. одамларнинг қолдиқлари топилган Тешиктош ғори, Сайроб, Бойсун, Хўжакентдаги қад. чинорлар, Қўйтош, Қирққиз, Одамтош, Хўжакентдаги қоятошларга чизилган расмлар шулар жумласидандир. Мамлакатда 400 дан зиёд Т.е. рўйхатга олинган. Т.е. давлат томонидан қўриқланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.