Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Takasoqol

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 53-b. — ziyouz.com

    Takasoqol (Dodartia L.) — sigirquyrukdoşlar oilasiga mansub köp yillik ötlar turkumi. Özbekistonda yagona turi — şarq T.i (D. orientalis L.) uçraydi. Poyasi serşox, deyarli bargsiz. Töpguli şingilsimon, 3—7 gulli, qoramtirbinafşa, şoxlari uçida siyrak şingillar hosil qiladi. Ildizi yaxşi rivojlangan. Iyunsent. oylarida gullab uruğlaydi. Toğ etaklarida, yöl yoqalari, boğ va ekinzorlarda begona öt sifatida ösadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТАКАСОҚОЛ (Dodartia L.) — сигирқуйрукдошлар оиласига мансуб кўп йиллик ўтлар туркуми. Ўзбекистонда ягона тури — шарқ Т.и (D. orientalis L.) учрайди. Пояси сершох, деярли баргсиз. Тўпгули шингилсимон, 3—7 гулли, қорамтирбинафша, шохлари учида сийрак шингиллар ҳосил қилади. Илдизи яхши ривожланган. Июньсент. ойларида гуллаб уруғлайди. Тоғ этакларида, йўл ёқалари, боғ ва экинзорларда бегона ўт сифатида ўсади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.