Tampa
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 79-b. — ziyouz.com
Tampa — AKŞning jan.şarqiy qismidagi şahar, Florida ştatida. Aholisi 303,4 ming kişi (2000). Meksika qöltiği sohilidagi port, çetga, asosan, fosforitlar, sitrus mevalar çiqariladi. Transport yöllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazlaridan. Oziq-ovqat, kimyo, poligrafiya, metallurgiya, metallsozlik, kemasozlik, radioelektronika sanoatlari korxonalari, 2 unt bor. Iklim kurorti. Turizm rivojlangan. T. yaqinidan fosforit qazib olinadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ТАМПА — АКШнинг жан.шарқий қисмидаги шаҳар, Флорида штатида. Аҳолиси 303,4 минг киши (2000). Мексика қўлтиғи соҳилидаги порт, четга, асосан, фосфоритлар, цитрус мевалар чиқарилади. Транспорт йўллари тугуни. Аэропорти халқаро аҳамиятга эга. Мамлакатнинг йирик саноат ва савдомолия марказларидан. Озиқ-овқат, кимё, полиграфия, металлургия, металлсозлик, кемасозлик, радиоэлектроника саноатлари корхоналари, 2 унт бор. Иклим курорти. Туризм ривожланган. Т. яқинидан фосфорит қазиб олинади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.