Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tana

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 82-b. — ziyouz.com

    Tana (qoramolçilikda) — urğoçi yoş mollar guruhi. Ularning yoşi buzoqlar guruqidan söng boşlanib, 10—12 oyligidan to jinsiy voyaga yetib, qoçib, böğoz bölişiga (24— 30 oyligida) qadar davom etadi. Zotli va jadal parvarişlangan T. rivoji yaxşi ötadi va biologik tomondan tez yetiladi. Ular zot andozasi vazniga yetganida (300—390 kg) 14— 16 oyligida uruğlantirilib, böğozligi aniqlangandan söng (20— 22 oyligida) ğunajinlar guruhiga ötkaziladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТАНА (қорамолчиликда) — урғочи ёш моллар гуруҳи. Уларнинг ёши бузоқлар гуруқидан сўнг бошланиб, 10—12 ойлигидан то жинсий вояга етиб, қочиб, бўғоз бўлишига (24— 30 ойлигида) қадар давом этади. Зотли ва жадал парваришланган Т. ривожи яхши ўтади ва биологик томондан тез етилади. Улар зот андозаси вазнига етганида (300—390 кг) 14— 16 ойлигида уруғлантирилиб, бўғозлиги аниқлангандан сўнг (20— 22 ойлигида) ғунажинлар гуруҳига ўтказилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.