Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tarağaytepa

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 113-b. — ziyouz.com

    Tarağaytepa — antik davrga oid qal'a xarobasi (1—4-a.lar). Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida, Tentaksoyning çap sohilida joylaşgan. 1968 y. va 1982 y.larda tadqiqot işlari olib borilgan. Kvadrat tarxli (50x50) qal'a burçaklariga doyra şaklidagi burjlar örnatilgan (bal. 8 m). T.ning yuqori qismidan kuşon podşolaridan Vasudeva I va Kanişka III davriga oid tangalar, terrakotadan yasalgan baqtriyalik jangçining boş qismi, qizil angob bilan sirlangan sopol parçalari topilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТАРАҒАЙТЕПА — антик даврга оид қалъа харобаси (1—4-а.лар). Сурхондарё вилояти, Олтинсой туманида, Тентаксойнинг чап соҳилида жойлашган. 1968 й. ва 1982 й.ларда тадқиқот ишлари олиб борилган. Квадрат тархли (50x50) қалъа бурчакларига дойра шаклидаги буржлар ўрнатилган (бал. 8 м). Т.нинг юқори қисмидан кушон подшоларидан Васудева I ва Канишка III даврига оид тангалар, терракотадан ясалган бақтриялик жангчининг бош қисми, қизил ангоб билан сирланган сопол парчалари топилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.