Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Tavur Jumayev

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 210-b. — ziyouz.com

    Jumayev Tavur (1918.6.11, Buxoro tumani — 1983.13.11, Toşkent) — musiqaşunos, pedagog, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1967). Toşkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon uruşi qatnaşçisi (1941—45). Buxoro teatri direktori örinbosari (1947—49), Özbek davlat filarmoniyasi (1949—54, 1970—72), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1954—57), Özbek davlat estradasi (1961—63), Hamza nomidagi Toşkent musiqa bilim yurti (1974—83) direktori, Özbekiston Madaniyat işlari vazirligi öquv yurtlari va kadrlar boşqarmasi boşliği (1972—74). Kompozitorlik ijodiga oid maqolalar, radio eşittiriş va telekörsatuvlar muallifi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЖУМАЕВ Тавур (1918.6.11, Бухоро тумани — 1983.13.11, Тошкент) — мусиқашунос, педагог, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1967). Тошкент консерваториясини тугатган (1956). 2-жаҳон уруши қатнашчиси (1941—45). Бухоро театри директори ўринбосари (1947—49), Ўзбек давлат филармонияси (1949—54, 1970—72), Навоий номидаги опера ва балет театри (1954—57), Ўзбек давлат эстрадаси (1961—63), Ҳамза номидаги Тошкент мусиқа билим юрти (1974—83) директори, Ўзбекистoн Маданият ишлари вазирлиги ўқув юртлари ва кадрлар бошқармаси бошлиғи (1972—74). Композиторлик ижодига оид мақолалар, радио эшиттириш ва телекўрсатувлар муаллифи.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.