Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Teleologiya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 241-b. — ziyouz.com

    Teleologiya (lOH.talos — oqibat, maqsad va ...logiya) — maqsad va maqsadga muvofiqlik haqidagi ta'limot. Bu ta'limot tabiat hodisa va jarayonlariga maqsadlar (maqsadga muvofiqlik yoki biror maqsadga yönaliş qobiliyati)ni sabab qilib körsatadi, bu maqsadlar xudo tomonidan belgilanadi (X. Volf) yoki tabiatning içki sabablari hisoblanadi (Aristotel, G. Leybnits) deb biladi. Teleologik xarakterdagi konsepsiyalar orasidagi farqlardan qat'i nazar, ularning hammasiga tabiat va jamiyat jarayonlarini antropomorfizm ruhida tuşuniş, ya'ni ularni ham odam faoliyati kabi qandaydir oldindan belgilab qöyilgan maqsad, möljalga muvofiq böladi, deb tasavvur qiliş xosdir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЕЛЕОЛОГИЯ (lOH.talos — оқибат, мақсад ва ...логия) — мақсад ва мақсадга мувофиқлик ҳақидаги таълимот. Бу таълимот табиат ҳодиса ва жараёнларига мақсадлар (мақсадга мувофиқлик ёки бирор мақсадга йўналиш қобилияти)ни сабаб қилиб кўрсатади, бу мақсадлар худо томонидан белгиланади (X. Вольф) ёки табиатнинг ички сабаблари ҳисобланади (Аристотель, Г. Лейбниц) деб билади. Телеологик характердаги концепциялар орасидаги фарқлардан қатъи назар, уларнинг ҳаммасига табиат ва жамият жараёнларини антропоморфизм руҳида тушуниш, яъни уларни ҳам одам фаолияти каби қандайдир олдиндан белгилаб қўйилган мақсад, мўлжалга мувофиқ бўлади, деб тасаввур қилиш хосдир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.