Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Teologiya

    Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 294-b. — ziyouz.com

    Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo şaxsan özini vahiy orqali kişilarga ma'lum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslaştirilgan yozuvlar T.ning asosiy manbalari qisoblanadi. T. turli diniy öquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va b.da öqitiladi. T. tuşunçasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qöllangan. T. islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ТЕОЛОГИЯ (юн. theos — худо ва ...логия) — худонинг моҳияти ва иродаси ҳақидаги диний таьлимотлар мажмуи. Худо шахсан ўзини ваҳий орқали кишиларга маълум қилади деган концепцияга асосланади. Муқаддас китоблар ва муқаддаслаштирилган ёзувлар Т.нинг асосий манбалари қисобланади. Т. турли диний ўқув юртлари — семинариялар, академиялар, мадрасалар ва б.да ўқитилади. Т. тушунчаси аввало иудаизм ва христианликка нисбатан қўлланган. Т. исломда илоҳиёт, калом атамалари билан ҳам аталади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.